So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

18 may 10:51
Yangiliklar

SHaxmat

Grand Chess Tour: Super Chess Classic Romania 2026. Sindarovning 4-turdagi yurishini Bibisara boshlab berdi

Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 475 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.

Musobaqada yuqori reytingga ega o'n nafar grossmeyster bosh sovrin hamda katta mukofot pullari uchun bahsga kirishdi. Ular orasida "Nomzodlar turniri" g'olibi Javohir Sindarov ham bor. Hamyurtimiz 4-turda oq donalarda peshqadam Anish Giriga qarshi bahs olib bordi. Duranglar qiroli nomini olgan nilerlandiyalik shaxmatchi bu safar ham tezkor murosa yo'lini tanladi. 

Etiborlisi, kechagi partiyadagi ramziy yurishni qozog'istonlik ayol grossmeyster, blic bo'yicha jahon chempioni Bibisara Assaubaeva boshlab berdi. So'nggi o'yinlardagi biroz omadsiz ishtirokka Bibisaraning Javohirga hamroh bo'layotgani sabab bo'lmayotganmikan. Hayoli bo'linmayotganmikan deb o'ylaysiz-da! Mayli, keyingi turlarda Sindarovdan g'alaba kutib qolamiz.  

To'rtinchi turda germaniyalik Vinsent Keymer franciyalik Maksim Vashe-Lagravni mag'lubiyatga uchratib, turnir jadvalida 3 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib oldi. Qolgan ikkita partiyada tomonlar durangga rozi bo'lishdi. Franciyalik Alireza Firuzdja 4-turda betob bo'lib qolgani bois ishtirok etmadi. Uning amerikalik Fabiano Karuanaga qarshi bahsi qoldirildi. 

Beshinchi tur oldidan Anish Giri, Yorden va Forest va Rameshbabu Praggnanandha 2,5 ochkodan jamg'arib, 2-4 o'rinlarni band etgan. Javohir Sindarov 1,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 8-pog'onadan joy olgan. Ruminiyalik Bogdan-Daniel Dik 1 ochko bilan 9-o'rindan joy olgan bo'lsa, autsayder Alireza Firuzdja hisobida 0,5 ochko bor. 

Bugun 5-turda Javohir Sindarov qora donalarda aynan Firuzdjaga qarshi bahs olib borishi kerak. Agar bugun ham Alireza uchrashuvga kelmasa, u holda franciyalik grossmeysterning barcha o'yinlardagi ochkolari nolga tenglashtiriladi. Yani, uni yutgan yoki durang o'ynagan raqiblarining ochkolari olib tashlanadi. Bugungi uchrashuvlar ham bizning vaqt bilan soat 18:00da boshlanadi. CHempion 100 000 dollarni qo'lga kiritadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing