So’nggi yangiliklar

13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0

07 sen 14:11
Yangiliklar

SHaxmat

Grand Swiss 2025. Abdusattorov peshqadamga, Guldona jahon chempioniga qarshi (4-tur juftliklari)

Birozdan so'ng Samarqand shahri mezbonlik qilayotgan umumiy mukofot jamg'armasi 855 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi FIDE Grand Swiss 2025 turnirida 4-tur uchrashuvlari boshlanadi.

Uchinchi turdan so'ng turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilayotgan eronlik grossmeyster Parham Maqsudlu (2692) to'rtinchi turda birinchi taxtada hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov (2748)ga qarshi oq donalarda o'ynaydi. Parham o'tgan turda franciyalik Alireza Firuzjani taslim etgandi. Aynan Maqsudlu 3 ta uchrashuvning barchasida g'alaba qozongan yagona ishtirokchi bo'lib turibdi. Agar bugun Abdusattorov Maqsudluni mag'lub eta olsa, turnir jadvalida peshqadam bo'lib olishi mumkin.   

Uch imkoniyatdan 2 ochko to'plagan Nodirbek Yakubboev qora donalarda o'zi bilan bir xil ochkoga ega ukrainalik Yuriy Kuzubovga qarshi bahs olib boradi. Ikki durang va bir mag'lubiyatga ega Javohir Sindarov qora donalarda belgiyalik Daniel Dardha bilan hisob-kitob qiladi. 

Ayollar o'rtasidagi turnirda shaxmatchi-qizlarimiz orasida eng yaxshi natijaga ega bo'lib turgan Guldona Karimova (2324) 4-turda bolgariyalik jahon chempioni Antoaneta Stefanovaga qarshi bahs olib boradi. Guldona 2 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 12-o'rinni egallab turibdi. Beshinchi o'rindagi ozarbayjonlik Ulviya Fatalieva hisobida ham 2 ochko bor.

Ikki ochkoga ega yana bir vakilamiz Afruza Hamdamova bugun 4-turda bir necha karra AQSH chempioni Irina Krush bilan to'qnash keladi. To'rtinchi tur oldidan xuddi erkaklar turnirida bo'lgani kabi yagona peshqadam yuzaga keldi. Hindistonlik Rameshbabu Vayshali (2452) 3 ochko bilan yakka karvonboshilik qilmoqda. To'rt nafar ishtirokchi 2,5 ochkodan jamg'argan.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing