So’nggi yangiliklar

13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0

06 sen 12:02
Yangiliklar

SHaxmat

Grand Swiss 2025. Abdusattorov va Gukesh ochko yo'qotdi, uch shaxmatchida yuz foizlik natija

Samarqand shahrida umumiy mukofot jamg'armasi 855 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi FIDE Grand Swiss 2025 nufuzli musobaqasi davom etmoqda.

Musobaqaning asosiy maqsadi — dunyo reytingining TOP-100 taligiga kirgan kuchli shaxmatchilar orasidan to'rt nafar talabgorni (2 erkak va 2 ayol shaxmatchi) jahon shaxmat toji uchun bo'ladigan “Talabgorlar turniri”ga saralab olishdan iborat.

Turnirning 2-turida Nodirbek Abdusattorov (2748) qora donalarda germaniyalik Frederik Sven (2643) bilan durang o'ynadi. Javohir Sindarov (2722) qatorasiga ikkinchi uchrashuvida ham durangga imzo chekdi. Bu safar u qora donalarda germaniyalik Rasmus Sven (2620) bilan murosaga keldi. Nodirbek Yakubboev (2681) qora donalarda o'ynaganiga qaramay, xitoylik grossmeyster Syanyuy Syuy (2615)ni mag'lubiyatga uchrata oldi. 

WOMENS, yani ayollar guruhida hamyurtimiz Gulruhbegim Tohirjonova (2372) ketma-ket ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Bu safar u AQSHdagi sobiq jamoadoshi Karissa Yip (2458)ga imkoniyatni boy berdi. Afruza Hamdamova qozog'istonlik Kseniya Balabaeva bilan durang o'ynadi. Birinchi turda zafar quchgan Umida Omonova 2-turda jahon va Evropa chempioni Katerina Lagnoga yutqazib qo'ydi.

Amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju (2767) 2-turda oq donalarda turkiyalik Yagis Erdogmus (2646) bilan durang qayd etdi. Bu ikki grossmeyster ham 1-turda g'alaba qozonishgan edi. Uchinchi tur oldidan uch ishtirokchi - sloveniyalik Anton Demchenko (2620), franciyalik Alireza Firuzdja (2754) va eronlik Parham Maqsudlu (2692) yuz foizlik natija bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilishmoqda. Jami 29 nafar shaxmatchi hisobida 1,5 ochkodan bor.

FIDE “Grand Swiss 2025” — 2-raund natijalari (O'zbekiston vakillari):

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing