So’nggi yangiliklar

13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0

07 sen 09:59
Yangiliklar

SHaxmat

Grand Swiss 2025. Abdusattorov va Gukeshda g'alaba, ochko yo'qotmagan bir shaxmatchi qoldi

Samarqand shahrida umumiy mukofot jamg'armasi 855 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi FIDE Grand Swiss 2025 nufuzli musobaqasi davom etmoqda.

Musobaqaning asosiy maqsadi — dunyo reytingining TOP-100 taligiga kirgan kuchli shaxmatchilar orasidan to'rt nafar talabgorni (2 erkak va 2 ayol shaxmatchi) jahon shaxmat toji uchun bo'ladigan “Talabgorlar turniri”ga saralab olishdan iborat.

Turnirning 3-turida Nodirbek Abdusattorov (2748) oq donalarda hindistonlik Puranik Abhimanyu (2640)ni mag'lubiyatga uchratdi. Bu uning turnirdagi ikkinchi g'alabasi bo'ldi. Javohir Sindarov (2722) ketma-ket ikkita durangdan keyin biroz kutilmaganda ukrainalik Ivan CHeparinov (2627)ga imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

Nodirbek Yakubboev (2681), Muhiddin Madaminov (2560), Muhammadzohid Suyarov (2482), Abdimalik Abdisalimov (2488) 3-turda raqiblari bilan durang o'ynashdi. Ortiq Nig'matov (2488) reytingda o'zidan ancha yuqorida turgan serbiyalik Velimir Ivich (2630)ni mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi.  

WOMENS, yani ayollar guruhida hamyurtimiz Gulruhbegim Tohirjonova (2372) ketma-ket ikki mag'lubiyatdan keyin nihoyat g'alaba qozondi. Bu safar u qora donaralarda Belen Barrera Gomesdan ustun keldi. Afruza Hamdamova, Guldona Karimova Madinabonu Xalilova kuchli raqibalari bilan murosaga kelishdi. Ayniqsa, Madinabonu qora donalarda o'ynaganiga qaramay, uch karra jahon chempioni, ayollar o'rtasida 2600 reytingni birinchi bo'lib zabt etgan Anna Muzichuk bilan durang o'ynadi. Umida Omonova bu turda tajribali Anna Usheninaga yutqazib qo'ydi. 

Amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju (2767) 3-turda qora donalarda ispaniyalik Daniil Yuffa (2646)ni mag'lubiyatga uchratdi. Uchinchi tur oldidan uch ishtirokchi - sloveniyalik Anton Demchenko (2620), franciyalik Alireza Firuzdja (2754) va eronlik Parham Maqsudlu (2692) yuz foizlik natija bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilishayotgandi. Uchinchi turda etakchilar o'zaro to'qnash kelishdi. Parham Maqsudlu qora donalarda harakat qilganiga qaramay, Firuzdjani mag'lub etishni uddaladi. Demchenko esa hindistonlik Arjun Ergaisiga yutqazib qo'ydi. Ochko yo'qotmagan birgina Maqsudlu qoldi. 

Amerikalik Mishra Abhimanyu, polshalik SHimon Gumulyarz, Gukesh Dommaradju, Rameshbabu Praggnanandha, Nodirbek Abdusattorov va Arjun Ergaisi 2,5 ochkodan jamg'arib, 2-7 -o'rinlarni band etishgan. Jami 33 nafar ishtirokchi 2 ochkodan to'plagan. Ular orasida Nodirbek Yakubboev ham bor.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing