So’nggi yangiliklar

14:53Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди 0 14:32Дю Плесси: "Мен Хамзатни ушбу комбинация билан нокаутга учратаман" 0 14:11Берреттини US Open`ни ўтказиб юборади 0 13:50Хамзат Чимаев: "Африка энди ҳеч қачон UFC чемпионлик камарини кўрмайди" 0 13:29"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади 0 13:08Нурсултон Рўзибоев: "Йил охиригача UFC'даги ўзбеклар кўпайиб қоламиз" 0 12:47Брайан Баттл: "Нурсултон бу учун ҳали жавоб беради" 0 12:26Нималар бўляпти? UFC 319 доирасидаги яна бир жанг бекор бўлди 0 12:05Бугун 19-турга старт берилади. "Пахтакор" "Сўғдиёна"дан реванш оладими? 0 11:44Даврон Файзиев Дрикюс Дю Плесси - Хамзат Чимаев жангига тахмин билдирди 1 11:23Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатига Туркияда тайёрланишяпти 0 11:02Дана Уайт Макгрегорнинг UFC ростеридан чиқарилгани ҳақидаги хабарга муносабат билдирди 0 10:41Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади 0 10:20Қозоғистонлик теннисчи WTA 1000 турнири 1/4 финалига чиқди 0 09:59Плессига қарши жангда Чимаевнинг бурчагида ким бўлиши маълум + ФОТО 0

20 okt 09:13
Yangiliklar

SHaxmat

Grand Swiss. CHempionlik uchun kurashayotgan Rustam Qosimjonovdan kutilmagan natija

Xabar berganimizdek, Angliyaning Men orolida dunyoning 154 nafar kuchli shaxmatchilari ishtirokidagi nufuzli xalqaro turnir davom etmoqda.

Mukofot jamg'armasi 433 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Grand Swiss turnirida O'zbekiston sharafini 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov hamda 15 yoshli xalqaro grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattarov himoya qilmoqda. Qosimjonov 2657, Abdusattarov esa 2608 reyting ochkosiga ega. 

Kecha o'tkazilgan 9-partiyada Rustam Qosimjonov oq donalarda o'ynashiga qaramay, kutilmaganda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Hamyurtimiz britaniyalik grossmeyster Devid Xouel (2694)ga imkoniyatn boy berdi va nafaqat chempionlik, balki sovrinli o'rinlar uchun kurashdan chiqdi. 

Bugun o'tkaziladigan 10-tur oldidan Qosimjonov 5 ochko bilan turnir jadvalida qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 37-pog'onadan joy olgan. Rustam Qosimjonov bugun o'tkaziladigan 10-turda oq donalarda Bogdan-Daniel Dik (2613)ka qarshi harakat qiladi.

Malumot uchun, 22 oktyabr kuni yakuniga etadigan Grand Swiss turniri g'olibi 70 000, ikkinchi o'rin sohibi 50 000, uchinchi o'rin egasi esa 40 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puliga ega bo'ladi. Kuchli o'ttizlikka kira olgan shaxmatchiga esa 2000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Reyting: -6   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing