So’nggi yangiliklar

17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0

03 noy 09:06
Yangiliklar

SHaxmat

Grand Swiss. Grossmeysterlarimizning barida durang

Buyuk Britaniyaning Men orolida dunyoning kuchli shaxmatchilari ishtirokidagi nufuzli Grand Swiss musobaqasi davom etmoqda.

Turnirning umumiy mukofot jamg'armasi 600 000 (460 000 erkaklar, 140 000 ayollar uchun) AQSH dollarini tashkil etib, unda dunyoning 164 (114 erkak, 50 ayol shaxmatchilari) nafar grossmeysterlari g'oliblik yo'lida dona surishyapti. Ular qatorida hamyurtlarimizdan Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev va SHamsiddin Vohidovlar ham o'z imkoniyatlarini sinab ko'rishmoqda.

Musobaqa shveycarcha tizimda o'tkazilayotgan bo'lib, kecha grossmeysterlar 8-turda o'zaro munosabatlariga oydinlik kiritib olishdi. Bu turda hamyurtlarimizning bari o'z partiyalarini durang bilan yakunlashdi. SHaxmatchilarimiz orasida eng yaxshi natija qayd etib turgan Javohir Sindarov (2658) qora donalarda reytingda o'zidan yuqorida turgan angliyalik Nikita Vityugov (2711) bilan murosaga keldi. 

Nodirbek Yakubboev (2616) oq donalarda reytingda o'zidan yuqorida joylashgan Praggnanandha (Hindiston, 2738) bilan durang o'ynadi. Birinchi raqamli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov (2716) oq donalarda o'ynashiga qaramay, Ivan Sarich (Xorvatiya, 2647) qarshiligini sindira olmadi. SHamsiddin Vohidov (2578) esa oq donalarda Ruslan Ponomaryov (Ukraina, 2641) bilan durangga imzo chekdi. 

Olti nafar shaxmatchi 8 imkoniyatdan 6 ochkodan jamg'arib, turnir jadvalida qo'shhokimlik qilishyapti. Javohir Sindarov 5 ochko bilan 15-o'rinni band etgan. To'rt yarim ochkoga ega Nodirbek Yakubboev 26-pog'onaga ko'tarildi. Nodirbek Abdusattorov 4,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 41, 3,5 ochkoga ega SHamsiddin Vohidov esa 114 ishtirokchi orasida 81-pog'onadan joy olgan. Bugun shaxmatchilar 9-tur uchrashuvlarida yuzma-yuz kelishadi. 


Bugun o'tkaziladigan 9-tur juftliklari:

Javohir Sindarov (2658) - Maksim Vashe-Lagrav (Franciya, 2727)

Benyamin Gledura (Vengriya, 2633) - Nodirbek Abdusattorov (2716)

Sem SHankland (AQSH, 2698) - Nodirbek Yakubboev (2616)

Kiril SHevchenko (Ruminiya, 2671) - SHamsiddin Vohidov (2578) 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing