So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

02 noy 08:05
Yangiliklar

SHaxmat

Grand Swiss. Ikki grossmeysterimizda mag'lubiyat, yana ikkisida durang

Buyuk Britaniyaning Men orolida dunyoning kuchli shaxmatchilari ishtirokidagi nufuzli Grand Swiss musobaqasi davom etmoqda.

Turnirning umumiy mukofot jamg'armasi 600 000 (460 000 erkaklar, 140 000 ayollar uchun) AQSH dollarini tashkil etib, unda dunyoning 164 (114 erkak, 50 ayol shaxmatchilari) nafar grossmeysterlari g'oliblik yo'lida dona surishyapti. Ular qatorida yosh grossmeysterlarimizdan Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev va SHamsiddin Vohidovlar ham o'z imkoniyatlarini sinab ko'rishmoqda.

Musobaqa shveycarcha tizimda o'tkazilayotgan bo'lib, kecha grossmeysterlar 7-turda o'zaro munosabatlariga oydinlik kiritib olishdi. SHaxmatchilarimiz orasida eng yaxshi natija qayd etib turgan Javohir Sindarov (2658) oq donalarda reytingda o'zidan yuqorida turgan hindistonlik Gujrathi Vidit (Hindiston, 2716)ga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Tur oldidan 2-o'rinni egallab turgan Sindarov kechagi mag'lubiyatdan so'ng 13-pog'onaga tushib ketdi. Bu uning musobaqadagi ilk mag'lubiyati bo'ldi. Vidit aksincha, Javohir ustidan qozongan g'alabasi evaziga 5,5 ochko bilan yakka peshqadamga aylanib oldi. 

Nodirbek Yakubboev (2616) qora donalarda reytingda o'zidan yuqorida joylashgan ruminiyalik Bogdan-Daniel Dyak (Ruminiya, 2701)ga yutqazib qo'ydi. Birinchi raqamli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov (2716) esa bu turda qora donalarda Evgeniy Naer (Rossiya, 2648) bilan murosaga keldi. SHamsiddin Vohidov (2578) ham qora donalarda Amin Bassem (Misr, 2680) bilan durangga imzo chekdi. 

O'n bir nafar shaxmatchi 7 imkoniyatdan 5 ochkodan jamg'argan. Sindarov 4,5 ochko bilan 13-o'ringa, 4 ochkoga ega Nodirbek Yakubboev 10-o'rindan 29-pog'onaga pastladi. Nodirbek Abdusattorov 4 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 38, 3 ochkoga ega SHamsiddin Vohidov esa 114 ishtirokchi orasida 81-pog'onadan joy olgan. Bugun shaxmatchilar 8-tur uchrashuvlarida yuzma-yuz kelishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing