So’nggi yangiliklar

19:26Тўрабек Хабибуллаев ҳам Арманистондаги турнир финалига йўл олди 0 18:40Марк ван Боммел Бельгия терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди 0 18:04FIDE президенти Европа Иттифоқи санкцияларига тушди ва ваколатларини вақтинча тўхтатди 0 17:32Стол теннисчиларимиз “WTT Youth Contender” турнирида 4 та медални қўлга киритишди 0 16:45Гусков: "Анкалаев ҳам оддий инсон" 0 16:00Расман: Юрген Клопп — Германия терма жамоаси янги бош мураббийи 0 15:10Гусков ҳам, Темиров ҳам ўз вазнида. UFC Fight Night 282 турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:26Мария Тимофеева дунёнинг 40-ракеткаси олдида ожиз қолди 0 13:45Гусков нокаут қилиши мумкин - Анкалаев шундай фикрда! 0 12:29ЖЧ-2026нинг энг яхши футболчиси узоқ муддатга сафдан чиқиши мумкин 0 11:54Богдан Гусков: "Бу нарсаларнинг ҳеч бири мен учун янгилик эмас" 0 11:09Россиядан маҳаллийлаштирилган икки фигурали учувчимиз Хитой Гран-присида иштирок этади 0 10:25Анкалаев Гусков устидан ғалаба қозонса, кейинги тақдири қандай кечишини тахмин қилди 0 09:42Мориясу 2027 йилда Япония терма жамоаси бош мураббийлигини тарк этади. Янги бош мураббий номи ҳам маълум 0 09:04Мовсар Евлоев ACBJJ билан шартнома имзолади 0

04 noy 10:44
Yangiliklar

SHaxmat

Grand Swiss. Ikki Nodirbekda g'alaba, ular sovrinli o'rinlar uchun kurashga qaytishdi

Buyuk Britaniyaning Men orolida dunyoning kuchli shaxmatchilari ishtirokidagi nufuzli Grand Swiss musobaqasi davom etmoqda.

Turnirning umumiy mukofot jamg'armasi 600 000 (460 000 erkaklar, 140 000 ayollar uchun) AQSH dollarini tashkil etib, unda dunyoning 164 (114 erkak, 50 ayol shaxmatchilari) nafar grossmeysterlari g'oliblik yo'lida dona surishyapti. Ular qatorida yosh grossmeysterlarimiz Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev va SHamsiddin Vohidovlar ham o'z imkoniyatlarini sinab ko'rishmoqda.

Musobaqa shveycarcha tizimda o'tkazilayotgan bo'lib, kecha grossmeysterlar 9-turda o'zaro munosabatlariga oydinlik kiritib olishdi. SHaxmatchilarimiz orasida eng yaxshi natija qayd etib turgan Javohir Sindarov (2658) oq donalarda reytingda o'zidan yuqorida turgan franciyalik Maksim Vashe-Lagrav (2727) bilan durangga imzo chekdi. SHamsiddin Vohidov (2578) qora donalarda Kiril SHevchenko (Ruminiya, 2671)ga yutqazib qo'ydi.

Quvonarlisi, bu turda ikkala Nodirbek ham qora donalarda harakat qilishiga qaraymay, raqiblarini mag'lub etishni uddaladi. Nodirbek Yakubboev (2616) reytingda o'zidan yuqorida borayotgan Benyamin Gledura (Vengriya, 2633)dan, Nodirbek Abdusattorov (2716) esa Sem SHankland (AQSH, 2698)dan ustun keldi. Ushbu g'alabadan so'ng ular sovrinli o'rinlar uchun kurashga qo'shilishdi. 

Olti nafar shaxmatchi 9 imkoniyatdan 6,5 ochkodan jamg'arib, turnir jadvalida qo'shhokimlik qilishyapti. Javohir Sindarov 5,5 ochko bilan 13-o'ringa ko'tarilib oldi. Kechagi g'alabadan so'ng ochkolarini 5,5 taga etkazib olgan Nodirbek Yakubboev 26-pog'onadan 15, Nodirbek Abdusattorov esa 41-o'rindan 26-pog'onaga yuqoriladi. 3,5 ochko bilan qolgan SHamsiddin Vohidov esa 114 ishtirokchi orasida 92-pog'onadan joy olgan. 

Bugun shaxmatchilar 10-tur uchrashuvlarida yuzma-yuz kelishadi. Etiborga molik jihati shundaki, bu turda ikki grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov o'zaro to'qnash kelishadi. Abdusattorov bugun oq donalarda harakat qiladi. Nodirbek Yakubboev esa franciyalik taniqli grossmeyster Eten Bakroga qarshi oq donalarda o'ynaydi.  


Bugun o'tkaziladigan 10-tur juftliklari:

Nodirbek Abdusattorov (2716) - Javohir Sindarov (2658) 

Nodirbek Yakubboev (2616) - Eten Bakro (Franciya, 2669)  

SHamsiddin Vohidov (2578) - Aleksandr Donchenko (Germaniya, 2676) 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing