So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

06 noy 10:12
Yangiliklar

SHaxmat

Grand Swiss. Nodirbek va Javohirda g'alaba, bosh sovrin esa Hindistonga ketdi (Foto+Jadval)

Buyuk Britaniyaning Men orolida dunyoning kuchli shaxmatchilari ishtirokida o'tkazilgan nufuzli Grand Swiss musobaqasi o'z yakuniga etdi.

Turnirning umumiy mukofot jamg'armasi 600 000 (460 000 erkaklar, 140 000 ayollar uchun) AQSH dollarini tashkil etib, unda dunyoning 164 (114 erkak, 50 ayol shaxmatchilari) nafar grossmeysteri g'oliblik yo'lida dona surdi. Ular qatorida yosh grossmeysterlarimiz Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev va SHamsiddin Vohidovlar ham o'z imkoniyatlarini sinab ko'rishdi.

Musobaqa shveycarcha tizimda o'tkazilib, kecha grossmeysterlar so'nggi 11-turda o'zaro munosabatlariga oydinlik kiritib olishdi. Bu turda Javohir Sindarov (2658) va Nodirbek Abdusattorov (2716) nomdor raqiblarini mag'lubiyatga uchratishdi. SHamsiddin Vohidov (2578) va Nodirbek Yakubboev (2616) esa o'z partiyalarini durang bilan yakunlashdi. 

Uch nafar shaxmatchi Andrey Esipenko (Rossiya, 2683), Hikaru Nakamura (AQSH, 2780) va Vidit Gujrati (Hindiston, 2716) co'nggi tur oldidan 7,5 tadan ochko jamg'arib, turnir jadvalida qo'shhokimlik qilishayotgandi. So'nggi turda Esipenko va Nakamuraning ochko yo'qotishidan unumli foydalangan Vidit g'alabaga erishib, ochkolarini 8,5 taga etkazdi. Bu esa unga Grand Swiss chempionligini taqdim etdi. Nakamura 8 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, 7,5 ochkoga ega Esipenko kuchli uchlikka yakun yasadi. 

Hamyurtlarimizdan Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorov 7 tadan ochko jamg'arishdi. Javohir 114 shaxmatchi orasida kuchli sakkiztalikdan joy oldi. SHaxmatchimiz 7 ochko to'plaganlar orasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'ldi. Muhimi, u 2700 reyting ochkoga ega ikkinchi o'zbekistonlik grossmeysterga aylandi. Sindarov so'nggi turda reytingda o'zidan yuqorida joylashgan Vladislav Artemev (Rossiya, 2697)ni mag'lubiyatga uchratdi. 

Nodirbek Abdusattorov 11-turda qora donalarda o'ynashiga qaramay, Yuriy Kuzubov (Ukraina, 2625)dan ustun keldi. U 7 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 12-pog'onani band etdi. Yaqindagina Qatar "Masters" turnirida chempion bo'lgan Nodirbek Yakubboev (2616) 6,5 ochko bilan 14-pog'onani egalladi. U 6,5 ochko jamg'arganlar orasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'ldi. 

Yakubboev 11-turda franciyalik nomdor raqibi Alireza Firuzja (2777) bilan murosaga keldi. So'nggi turda reytingi o'zidan baland Nils Grandelius (SHveciya, 2689) bilan qora donalarda durang o'ynagan SHamsiddin Vohidov (2578) 5 ochko bilan 75-o'rin kifoyalandi. U 5 ochko jamg'arganlarning eng yaxshisi bo'ldi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing