So’nggi yangiliklar

19:26Тўрабек Хабибуллаев ҳам Арманистондаги турнир финалига йўл олди 0 18:40Марк ван Боммел Бельгия терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди 0 18:04FIDE президенти Европа Иттифоқи санкцияларига тушди ва ваколатларини вақтинча тўхтатди 0 17:32Стол теннисчиларимиз “WTT Youth Contender” турнирида 4 та медални қўлга киритишди 0 16:45Гусков: "Анкалаев ҳам оддий инсон" 0 16:00Расман: Юрген Клопп — Германия терма жамоаси янги бош мураббийи 0 15:10Гусков ҳам, Темиров ҳам ўз вазнида. UFC Fight Night 282 турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:26Мария Тимофеева дунёнинг 40-ракеткаси олдида ожиз қолди 0 13:45Гусков нокаут қилиши мумкин - Анкалаев шундай фикрда! 0 12:29ЖЧ-2026нинг энг яхши футболчиси узоқ муддатга сафдан чиқиши мумкин 0 11:54Богдан Гусков: "Бу нарсаларнинг ҳеч бири мен учун янгилик эмас" 0 11:09Россиядан маҳаллийлаштирилган икки фигурали учувчимиз Хитой Гран-присида иштирок этади 0 10:25Анкалаев Гусков устидан ғалаба қозонса, кейинги тақдири қандай кечишини тахмин қилди 0 09:42Мориясу 2027 йилда Япония терма жамоаси бош мураббийлигини тарк этади. Янги бош мураббий номи ҳам маълум 0 09:04Мовсар Евлоев ACBJJ билан шартнома имзолади 0

05 noy 07:18
Yangiliklar

SHaxmat

Grand Swiss. O'zbek klassikasida qanday natija qayd etildi? Vohidovda g'alaba

Buyuk Britaniyaning Men orolida dunyoning kuchli shaxmatchilari ishtirokida o'tkazilayotgan nufuzli Grand Swiss musobaqasi o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.

Turnirning umumiy mukofot jamg'armasi 600 000 (460 000 erkaklar, 140 000 ayollar uchun) AQSH dollarini tashkil etib, unda dunyoning 164 (114 erkak, 50 ayol shaxmatchilari) nafar grossmeysteri g'oliblik yo'lida dona suryapti. Ular qatorida yosh grossmeysterlarimiz Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev va SHamsiddin Vohidovlar ham o'z imkoniyatlarini sinab ko'rishmoqda.

Musobaqa shveycarcha tizimda o'tkazilayotgan bo'lib, kecha grossmeysterlar 10-turda o'zaro munosabatlariga oydinlik kiritib olishdi. Biz uchun ahamiyatlisi, bu turda Javohir Sindarov (2658) va Nodirbek Abdusattorov (2716) o'zaro to'qnash kelishdi. O'zbek klassikasida durang natija qayd etildi. SHamsiddin Vohidov (2578) oq donalarda Aleksandr Donchenko (Germaniya, 2676) ustidan g'alabaga erishdi. Nodirbek Yakubboev (2616) esa reytingda o'zidan yuqorida borayotgan franciyalik nomdor raqibi Eten Bakro (2669) bilan murosaga keldi.  

Uch nafar shaxmatchi Andrey Esipenko (Rossiya, 2683), Hikaru Nakamura (AQSH, 2780) va Vidit Gujrati (Hindiston, 2716) 10 imkoniyatdan 7,5 tadan ochko jamg'arib, turnir jadvalida qo'shhokimlik qilishyapti. Javohir Sindarov 6 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlar evaziga 12-o'ringa ko'tarilib oldi. Kechagi durangdan so'ng ochkolarini 6 taga etkazib olgan Nodirbek Yakubboev 14-pog'onaga yuqoriladi. Nodirbek Abdusattorov 6 ochko bilan 23-o'ringa ko'tarildi. Kechagi g'alaba evaziga 4,5 ochkoga ega bo'lib olgan SHamsiddin Vohidov esa 114 ishtirokchi orasida 92-pog'onadan 76-o'ringa joylashdi. 

Bugun shaxmatchilar hal qiluvchi 11-tur uchrashuvlarida yuzma-yuz kelishadi. Musobaqa peshqadami Andrey Esipenko niderlandiyalik Anish Giri bilan, Hikaru Nakamura hindistonlik Arjun Ergaisi bilan to'qnash keladi. Nodirbek Abdusattorov qora donalarda ukrainalik Yuriy Kuzubov, Javohir Sindarov oq donalarda rossiyalik Vladislav Artemev, Nodirbek Yakubboev qora donalarda franciyalik Alirizo Firuzja bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi. SHamsiddin Vohidov esa qora donalarda shveciyalik Nils Grandeliusga qarshi bahs olib boradi. 


Bugun o'tkaziladigan 11-tur juftliklari:

Yuriy Kuzubov (Ukraina, 2625) - Nodirbek Abdusattorov (2716) 

Javohir Sindarov (2658) - Vladislav Artemev (Rossiya, 2697) 

Nodirbek Yakubboev (2616) - Alireza Firuzja (Franciya, 2777)  

Nils Grandelius (SHveciya, 2689) - SHamsiddin Vohidov (2578)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing