16 okt 09:27
Yangiliklar

Grand Swiss. Rustam Qosimjonov 6-tur uchrashuvini o'tkazdi
Mukofot jamg'armasi 433 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Grand Swiss turnirida O'zbekiston sharafini 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov hamda 15 yoshli xalqaro grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattarov himoya qilmoqda. Qosimjonov 2657, Abdusattarov esa 2608 reyting ochkosiga ega.
Kecha o'tkazilgan 6-partiyada Rustam Qosimjonov oq donalarda harakat qildi va o'zi singari 3 ochko jamg'arib turgan hindistonlik xalqaro grossmeyster Santosh Vidit Gujrati (2718) bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oldi. Ushbu bahsda tomonlar murosaga kelishdi.
Ketma-ket durang natijalardan so'ng Rustam Qosimjonov 6 imkoniyatdan 3,5 ochko jamg'arib, turnir jadvalida qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 26-o'rinni egallab turibdi. U ertaga o'tkaziladigan 7-turda rossiyalik xalqaro grossmeyster Pyotr Svidlerga qarshi oq donalarda harakat qiladi.
Malumot uchun, 22 oktyabr kuni yakuniga etadigan Grand Swiss turniri g'olibi 70 000, ikkinchi o'rin sohibi 50 000, uchinchi o'rin egasi esa 40 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puliga ega bo'ladi. Kuchli o'ttizlikka kira olgan shaxmatchiga esa 2000 AQSH dollari taqdim etiladi.
Fikrlar