So’nggi yangiliklar

17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0

30 okt 11:11
Yangiliklar

SHaxmat

Grand Swiss. Sindarov Aronyanni mag'lub etdi, Karuana bilan qora donalarda durang o'ynadi

Buyuk Britaniyaning Men orolida dunyoning kuchli shaxmatchilari ishtirokida nufuzli Grand Swiss musobaqasi davom etmoqda.

Musobaqaning umumiy mukofot jamg'armasi 600 000 (460 000 erkaklar, 140 000 ayollar turniri uchun) AQSH dollarini tashkil etib, unda dunyoning 164 (114 erkak, 50 ayol shaxmatchilari) nafar grossmeysterlari g'oliblik yo'lida dona surishyapti. Ular qatorida yosh grossmeysterlarimizdan Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev va SHamsiddin Vohidovlar ham sovrinli o'rinlar uchun bahs olib borishmoqda. 

Musobaqa shveycarcha tizimda o'tkazilayotgan bo'lib, bugungacha 5 ta tur partiyalari o'ynaldi. Bugun o'tkaziladigan 6-tur oldidan hamyurtlarimizdan Javohir Sindarov va Nodirbek Yakubboev Top-10`talikda borishmoqda. Ularning har ikkisi ham 3,5 ochkodan jamg'argan. 

Kecha o'tkazilgan 5-turda Javohir Sindarov (2658) oq donalarda reytingda o'zidan yuqorida turgan xitoylik YU Yang Yi (2720) bilan durang o'ynadi. Nodirbek Yakubboev (2616) qora donalarda harakat qilganiga qaramay, reytingda o'zidan yuqorida joylashgan shveciyalik grossmeyster Nils Grandeliusni mag'lubiyatga uchratdi. 

Birinchi raqamli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov (2716) bu turda qora donalarda armanistonlik Grant Melkumyan (2650) bilan murosaga keldi. SHamsiddin Vohidov (2578) esa qora donalarda greciyalik Nikolas Teodorou (2619) bilan durangga imzo chekdi. 

Etiborga molik jihati shundaki, Javohir Sindarov hali mag'lubiyatga uchragani yo'q. U 3-turda armanistonlik Levan Aronyanni mag'lubiyatga uchratib, 4-turda birinchi doskada musobaqada birinchi raqam ostida saralangan amerikalik Xikaru Nakamura bilan qora donaarda durang o'ynadi. 

Bugun o'tkaziladigan 6-tur juftliklari:

Nodirbek Yakubboev (2616) - Vinsent Keymer (Germaniya, 2717)

Samuel Sevian (AQSH, 2698) - Javohir Sindarov (2658)

Nodirbek Abdusattorov (2716) - CHitambaram Aravindh (Hindiston, 2649)

SHamsiddin Vohidov (2578) - Maks Varmerdam (Niderlandiya, 2636)

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing