So’nggi yangiliklar

17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0

31 okt 08:04
Yangiliklar

SHaxmat

Grand Swiss. Sindarov g'alaba evaziga peshqadamga aylandi, ikki Nodirbek va SHamsiddinda durang

Buyuk Britaniyaning Men orolida dunyoning kuchli shaxmatchilari ishtirokida nufuzli Grand Swiss musobaqasi davom etmoqda.

Musobaqaning umumiy mukofot jamg'armasi 600 000 (460 000 erkaklar, 140 000 ayollar turniri uchun) AQSH dollarini tashkil etib, unda dunyoning 164 (114 erkak, 50 ayol shaxmatchilari) nafar grossmeysterlari g'oliblik yo'lida dona surishyapti. Ular qatorida yosh grossmeysterlarimizdan Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev va SHamsiddin Vohidovlar ham sovrinli o'rinlar uchun bahs olib borishmoqda. 

Musobaqa shveycarcha tizimda o'tkazilayotgan bo'lib, kecha turnirda grossmeysterlar 6-turda o'zaro munosabatlariga oydinlik kiritib olishdi. SHaxmatchilarimiz orasida eng yaxshi natija qayd etib turgan Javohir Sindarov (2658) qora donalarda o'ynashiga qaramay, reytingda o'zidan yuqorida turgan amerikalik Samuel Sevian (2698)ni mag'lubiyatga uchratdi. Nodirbek Yakubboev (2616) oq donalarda reytingda o'zidan yuqorida joylashgan germaniyalik Vinsent Keymer (2717) bilan durang o'ynadi. 

Birinchi raqamli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov (2716) bu turda oq donalarda hindistonlik CHitambaram Aravindh (2649) bilan murosaga keldi. SHamsiddin Vohidov (2578) esa oq donalarda niderlandiyalik Maks Varmerdam (2636) bilan durangga imzo chekdi. 

Etiborga molik jihati shundaki, mag'lubiyatsiz odimlayotgan Javohir Sindarov kechagi g'alabasi evaziga 4,5 ochko bilan turnir jadvalida qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Serbiyalik peshqadam Aleksandr Predke hisobida ham 4,5 ochko bor. Sakkiz nafar shaxmatchi 4,5 tadan ochko jamg'arishgan. To'rt ochkoga ega Nodirbek Yakubboev kuchli o'ntalikka yakun yasab bergan. Nodirbek Abdusattorovda 3,5, SHamsiddin Vohidov hisobida esa 2,5 ochko bor. 


Bugun shaxmatchilar uchun dam olish kuni sifatida elon qilingan.

Ertaga o'tkaziladigan 7-tur juftliklari:

Javohir Sindarov (2658) - Gujrathi Vidit (Hindiston, 2716)

Bogdan-Daniel Dyak (Ruminiya, 2701) - Nodirbek Yakubboev (2616)

Evgeniy Naer (Rossiya, 2648) - Nodirbek Abdusattorov (2716)

Amin Bassem (Misr, 2680) - SHamsiddin Vohidov (2578)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing