11 mar 18:26
Yangiliklar
Tennis

Greciyada "CHellenjer" turniri boshlandi, Humoyun Sultonovda muvaffaqiyatli start
Greciyaning Xersonisos shahrida tennis bo'yicha "CHellenjer" turniri start oldi.
Mukofot jamg'armasi 54 000 evroni tashkil etuvchi mazkur musobaqada hamyurtimiz Humoyun Sultonov ham ishtirok etmoqda. U musobaqada 3-raqam sifatida saralangan.
Tennischimiz bugun musobaqadagi ilk o'yinini o'tkazdi. Ushbu bosqichda hamyurtimizga litvalik Rikardas Berankis raqib bo'ldi. 1 soat 9 daqiqa davom etgan o'yinda hamyurtimiz 6:2, 6:2 hisobida g'alabaga erishdi.
Taqqoslash uchun, Humoyun ayni paytda dunyo reytingida 218, Berankis esa 291-o'rinni egallab turibdi.
Endi tennischimiz ertaga 1/8 finalda italiyalik Federiko Sinaga (557) qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar