So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

05 apr 13:29
Yangiliklar

SHaxmat

Grenke Chess Festival 2026. Abdusattorov peshqadamlar safida. O'zbek derbisida kim yutdi?

Germaniyaning Karlsrue shahrida shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 285 000 evroni tashkil qiluvchi nufuzli Grenke Chess Festival 2026 turniri bo'lib o'tmoqda.

Musobaqaning kuchlilar jam bo'lgan Freestyle Open guruhida 5-tur uchrashuvlari ortda qoldi. Ushbu guruhda qatnashayotgan grossmeysterlarimiz Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yakubboev va SHamsiddin Vohidov kechagi kungacha yuz foizlik natija bilan peshqadamlar safida borayotgandi. 

Kecha ikkita tur uchrashuvlari o'tkazildi. To'rtinchi turda SHamsiddin Vohidov oq donalarda Nodirbek Abdusattorov bilan murosaga keldi. Nodirbek Yakubboev esa oq donalarda hindistonlik ayol grossmeyster Harika Dronavallini mag'lubiyatga uchratdi. Afruza Hamdamova esa qora donalarga o'ynaganiga qaramay, germaniyalik Tobias Bekkerdan ustun keldi. 

Beshinchi turda SHamsiddin Vohidov birinchi doskada norvegiyalik jahon chempioni Magnus Karlsenga qarshi qora donalarda o'ynab, imkoniyatni boy berib qo'ydi. Nodirbek Yakubboev ham bu turda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. U qora donalarda germaniyalik taniqli grossmeyster Vinsent Keymerga yutqazdi. Nodirbek Abdusattorov esa niderlandiyalik Benjamin Bokdan ustun keldi.   

Beshinchi turdan so'ng Nodirbek Abdusattorov 4,5 ochko jamg'argan holda qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 6-o'rinni egallab turibdi. Vinsent Keymer va Hans Mok Niemann 5 ochkodan to'plab, yuz foizlik ko'rsatkich bilan turnir jadvalida qo'shhokimlik qilishyapti. Jami 9 nafar shaxmatchi hisobida 4,5 ochkodan bor. Nodirbek Yakubboev 4 ochkolilar orasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega va u umumiy jadvalda Top-10`talikka yakun yasagan. SHamsiddin Vohidov 3,5 ochko bilan 31-o'rindan joy olgan bo'lsa, 3 ochkoga ega Afruza Hamdamova 81-pog'onada bormoqda.

Ayni daqiqalarda 6-tur uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda. Nodirbek Abdusattorov qora donalarda germaniyalik Daniel Xasrat, Nodirbek Yakubboev oq donalarda ukrainalik Oleksandr Bortnik, SHamsiddin Vohidov oq donalarda germaniyalik Aljosha Fyurstak, Afruza Hamdamova esa oq donalarda germaniyalik Dennis Vagnerga qarshi o'ynamoqda.   

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing