So’nggi yangiliklar

19:10"Реал" 15 ёшли ярим ҳимоячи билан битим имзолаши мумкин 0 18:39Волкановски фаолиятини якунлаш эҳтимоли ҳақида гапирди 0 18:17Афсонавий Федор Емельяненко Ўзбекистонга келади 0 17:41"Охирги жангдаги хатоларимни такрорламайман". Двалишвили Янга қарши учинчи жанг ҳақида гапирди 0 17:19Кэррик кетяптими? МЮ раҳбарияти фавқулодда йиғилиш чақирмоқда 0 16:48Дана Уайт мағлубиятcиз афғон жангчининг UFC`дан четлатилганига изоҳ берди 0 16:17Бугун Жаҳон чемпионатида тўрт нафар боксчимизга мухлислик қиламиз 0 15:46Итаума: "Хрговичга ҳаддан ташқари кўп ҳурмат кўрсатдим" 0 15:15"Пахтакор" клуби Илгиз Танташев қарорлари устидан расмий эътироз билдириб, даъво аризаси киритди 0 14:44Диёра Келдиёрова: "Энди мутлақо бошқа, янги Диёраман!" 0 14:13Британиялик блогер Жалоловни танқидлардан ҳимоя қилди 0 13:42Guangzhou Nansha International. Султонов икки ғалаба эвазига асосий тўрга йўл олди 0 13:11Шаҳин кечаги қийин ғалабадан сўнг нималар деди? 0 12:40Волкановски Мовсар Евлоев устидан муддатидан олдин ғалаба қозонишни ваъда қилмоқда 0 12:09Ғиждувонда белбоғли кураш бўйича Ўзбекистон Кубоги ўтказилди 0

06 apr 12:59
Yangiliklar

SHaxmat

Grenke Chess Festival 2026. Abdusattorov va Yakubboev peshqadamlar safida. Bugun Nodirbek Magnus Karlsen bilan o'ynaydi

Germaniyaning Karlsrue shahrida shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 285 000 evroni tashkil qiluvchi nufuzli Grenke Chess Festival 2026 turniri bo'lib o'tmoqda.

Musobaqaning kuchlilar jam bo'lgan Freestyle Open guruhida 6 va 7-tur uchrashuvlari ortda qoldi. Ushbu guruhda qatnashayotgan grossmeysterlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yakubboev kechagi partiyalardan keyin 7 imkoniyatdan 5,5 ochkodan jamg'arib, Top-10`talikda borishmoqda. Abdusattorov qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 8, Yakubboev 10-o'rinni band etgan. 

Ettinchi turda Magnus Karlsen bilan durang o'ynagan germaniyalik Vinsent Keymer 6,5 ochko to'plagan holda yakka peshqadam bo'lib turibdi. Serbiyalik Aleksaey Sarana, francuz Maksim Vashe-Lagrav va hindistonlik Pranav 6 ochko bilan keyingi o'rinlardan joy olgan. 

Nodirbek Abdusattorov 6-turda qora donalarda germaniyalik grossmeyster Daniel Xasrat, 7-turda rossiyalik Yan Nepomnyashiy bilan durang o'ynadi. Nodirbek Yakubboev esa oq donalarda ukrainalik Oleksandr Bortnik bilan durang qayd etib, hindistonlik grossmeyster Krishnan Sasikiranni mag'lubiyatga uchratdi. SHamsiddin Vohidov oq donalarda germaniyalik Aljosha Fyurstakka yutqazdi, yana bir mezbon shaxmatchi Mikita Volkovni yutdi.

Bugun tur oldidan SHamsiddin Vohidov 4,5 ochko bilan qo'shimcha koeficentlarga ko'ra 52, 4 ochkoga ega Afruza Hamdamova 83-o'rinda bormoqda. Birozdan so'ng boshlanadigan 8-turda Nodirbek Yakubboev norvegiyalik shaxmat afsonasi Magnus Karlsenga qarshi oq donalarda o'ynaydi. Abdusattorov esa qora donalarda franciyalik Gata Kamskiy bilan hisob-kitob qiladi. SHamsiddin Vohidov hindistonlik Siva Mahadevan, Afruza Hamdamova germaniyalik Mark Meyers bilan to'qnash keladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing