04 apr 13:49
Yangiliklar
Grenke Chess Festival 2026. Ikki Nodirbek va SHamsiddinda yuz foizlik natija
Musobaqaning kuchlilar jam bo'lgan Freestyle Open guruhida 3-tur uchrashuvlari ortda qoldi. Ushbu guruhda qatnashayotgan grossmeysterlarimiz Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yakubboev va SHamsiddin Vohidov yuz foizlik natija bilan peshqadamlar safida bormoqda.

Nodirbek Abdusattorov 3 ochko jamg'argan holda qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 2, Vohidov 8, Yakubboev esa 12-o'rinni band etgan. Magnus Karlsen 9-pog'onadan joy olgan. Amerikalik Hans Niemann hozircha peshqadam. Yana bir hamyurtimiz Afruza Hamdamova 3 imkoniyatdan 2 ochko jamg'argan.
Biroz avval turnirda 4-tur uchrashuvlari start oldi va etiborlisi, unda o'zbek derbisi o'tkazilmoqda. Nodirbek Abdusattorov qora donalarda SHamsiddin Vohidovga qarshi bahs olib bormoqda. Nodirbek Yakubboev esa oq donalarda hindistonlik ayol grossmeyster Harika Dronavalli bilan hisob-kitob qilyapti. Afruza Hamdamova bu turda Tobias Bekkerga qarshi o'ynamoqda.

Fikrlar