22 noy 16:16
Yangiliklar

Grizmann "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin
"Atletiko"da baxtli bo'lishim uchun hamma narsa bor. Lekin, bu hech qachon
klubni tark etmayman degani emas, - deya Grizmanning so'zlarini
keltirmoqda "Marca" nashri. - Men hali qaror qabul qilmadim, hammasi bir
nechta faktorlarga bog'liq.
Men tez-tez bilan "Atletiko"da baxtli
ekanligimni takrorlayotgan, juda yaxshi murabbiy va ajoyib sheriklar bilan
ishlayotgan bo'lsam ham, ular mendan kelajagim borasida so'rashda davom
etishmoqda.
Men ob-havodan tashqari Angliyaga qarshi emasman va "Manchester Yunayted"ga o'tishim mumkinligicha qolmoqda".
Eslatib o'tamiz, ortda qolgan yozda "Atletiko" yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish borasida taqiqqa uchramaguncha matbuot Grizmanning MYUga o'tishini ko'p bor yozgan edi. Klubga qo'yilgan taqiqdan keyin Grizmann qiyin vaziyatda klubni tashlab ketmasligini malum qilgan va Madridda qolgan edi.
Fikrlar