08 okt 13:50
Yangiliklar
Futbol

Grizmannga Evro-2016ning “eng yaxshi futbolchisi” mukofoti topshirildi
Franciya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmannga Evro-2016 musobaqasining “eng yaxshi futbolchisi” mukofoti topshirildi.
Kecha o'tkazilgan JCH-2018 saralash bosqichi doirasidagi Bolgariya terma jamoasiga qarshi kechgan o'yin oldidan ushbu tadbir tashkil etildi. 25 yoshli futbolchi Evropa chempionatida 6ta gol kiritgan va 2ta golli uzatmagan mualliflik qilgandi.
Mukofotni qabul qilib olgan Grizmann bunga munosib ekanligini yana bir bor isbotladi. Franciyaning 4:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan uchrashuvda Antuan jarima maydoni tashqarisidan chiroyli tarzda raqib darvozasini ishg'ol qildi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar