08 iyu 02:30
Yangiliklar

Grizmanning dubli Franciyani finalga olib chiqdi
Ikkinchi yarim final doirasidagi Germaniya va Franciya terma jamoalari o'rtasidagi bahsda musobaqa mezbonlari 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Antuan Grizmann Marsel shahridagi “Velodrom” stadionida o'tgan uchrashuv qahramoniga aylandi.
Aynan uning ikki goli amaldagi jahon chempionlarini to'xtatish barobarida Franciyani finalga olib chiqdi. Avvaliga Grizmann birinchi bo'lim yakunida belgilangan penaltini golga aylantirdi. 72-daqiqada esa g'alabani mustahkamladi.
Endi 10 iyul kuni Parij shahrida final uchrashuvi o'tkaziladi. Bosh mukofot uchun Franciya va Portugaliya terma jamoalari maydonda saf tortishadi. Ronaldu sardorligidagi Portugaliya yarim finalda Uelsdan 2:0 hisobida ustun kelgan edi.
Evro-2016. Yarim final.
GERMANIYA – FRANCIYA 0:2
Marsel. “Velodrom” stadioni
Gol: Antuan Grizmann 45+1 penalti, - 0:1. Antuan Grizmann 72, - 0:2.
Germaniya: Manuel Noyer, Emre Jan (Mario Gyotce, 67), Jerom Boateng (SHkodran Mustafi, 60), Benedikt Xovedes, Yonas Xektor, Toni Kroos, Bastian SHvaynshtayger (Leroy Sane, 78), Joshua Kimmix, Mesut Ozil, Yulian Draksler, Tomas Myuller
Franciya: Ugo Loris, Bakari Sanya, Loran Koselni, Samuel Umtiti, Patris Evra, Pol Pogba, Blez Matyuidi, Mussa Sissoko, Antuan Grizmann (Yoan Kabay, 90+1), Dimitri Paye (Ngolo Kante, 71), Olive Jiru (Andre Per Jinyak, 77)
Bosh hakam: Nikola Riccoli (Italiya).
Ogohlantirishlar: Jan (36), Evra (43), SHvaynshtayger (45), Ozil (45), Draksler (50), Kante (75).
Fikrlar