23 dek 12:16
Yangiliklar
Grossmeysterimiz endi AQSH terma jamoasi sharafini himoya qiladi + FOTO
Xabaringiz bor, opa-singil grossmeysterlarimiz - Nafisa Mo'minova, Xulkar Tohirjonova va Gulruhbegim Tohirjonova bir necha yil davomida O'zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilib kelishdi. Jahon va Olimpiadada terma jamoamizga muhim ochkolarni yutib olishda o'z xissalarini qo'shishdi.
Lekin oxirgi paytda O'zbekiston shaxmat federaciyasi bilan o'rtada yuzaga kelgan nizo sabab grossmeyster qizlarimiz terma jamoadan ketishga majbur bo'lishdi. Bugungi kunda Nafisa Mo'minova xalqaro musobaqalarda Evropa klubi safida munosib dona suryapti. Hulkar farzand tarbiyasi bilan band bo'lsa, Gulruhbegim AQSH terma jamoasi azosiga aylandi.
Biz grossmeyster qizlarimiz bilan bog'lanib, suhbat uyushtirganmiz. Birozdan so'ng mavzu yuzasidan amalga oshirilgan intervyuni etiboringizga havola qilamiz.
Fikrlar