27 apr 08:40
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/64986_220.jpg)
Grunt qiroli Barselonada yarim finalga chiqdi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Rafael Nadal Barselonada davom etayotgan nufuzli turnirning chorak finalida g'alabaga erishdi.
Ispaniyalik tennis yulduzi, grunt qiroli chorak final uchrashuvida germaniyalik Yan-Lennard SHtruffga qarshi kortga chiqdi. Qiziqarli kechgan bahsda Nadal raqibini 7/5, 7/5 hisobida mag'lub etdi va yarim finalga yo'l oldi.
Endi Rafa Nadal musobaqaning yarim finalida Gvido Pelyadan ustun kelgan avstriyalik Dominik Timga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Fikrlar