06 mar 18:14
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				
				
			
				Otabek Xolmatov Patrik Uordni nokaut qilgan jangda qo'lida jarohati bo'lgan + FOTO
Xabaringiz bor, shanba oqshomida Angliyaning Nyukasl shahrida professional boks oqshomi o'tkazilgandi.
			Biz uchun ahamiyatlisi, yarimengil vazn toifasida o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Otabek Xolmatov (11-0) 12 raundlik co-main event jangida mezbon Tomas Patrik Uord (33-0-2)ni 5-raundda nokautga uchrata oldi. Ushbu to'qnashuv WBA kamari uchun Eliminator jangi hisoblanar edi.
Hamyurtimiz bu g'alabasi orqali mazkur vaznda WBA yo'nalishi bo'yicha jahon chempioni, meksikalik Maurisio Laraga qarshi majburiy davogar sifatida ringga chiqish huquqini qo'lga kiritdi.
Otabek Xolmatovning bizga xabar berishicha, u Uordga qarshi jangda qo'l va qovurg'asidagi jarohati bilan harakat qilgan.

            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
            
			
Fikrlar