So’nggi yangiliklar

07:02Ёш юнон-рум курашчиларимиз Осиё чемпионатида умумжамоа ҳисобида учинчи бўлишди 0 18:23Жон Жонс қайтишига ишора қилди 0 18:02Жота ва гуллар 0 17:41Яхши янгилик: "Tashkent Select" жамоаси янги мавсумда ҳам Қозоғистон чемпионатида иштирок этади 0 17:20Бенавидес ва Ярд WBC камари учун жанг қилади 0 16:59Топурия Хамзат Чимаев ҳақида: "У одам — ёввойи!" 0 16:38Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди 0 16:17Арман Царукян: "Пимблетт Топ-5 даражасидаги жангчи эмас. У фақат қарияларни юта олади" 0 15:56Илия Топурия: "Ҳаммаси менга боғлиқ бўлганида, 13 июль куниёқ Махачев билан жанг қилардим" 0 15:35Ўзбек боксчилари океан ортида машғулотларни давом эттиришяпти (ФОТО) 0 15:14Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди 0 14:53Холмурод Нурматов кейинги жангини ACA Лигасида ўтказади 0 14:32UFC кузда Бразилияда турнир ўтказиши мумкин 0 14:11Ёш дзюдочиларимиз Туркиядаги нуфузли мусобақадаги иштирокларини бошлашди 0 13:50"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради 0

11 dek 19:38
Yangiliklar

Formula-1

Formula-1. Superfinal: Tajriba yoki yoshlik shijoati? Ferstappen va Xemilton o'rtasidagi kurash Abu-Dabi Gran-prisida yakuniga etadi

Ertaga BAAda "Formula-1" bo'yicha navbatdagi jahon chempionati yakuniga etadi.

Abu-Dabi Gran-prisi chempion nomiga aniqlik kiritadi. 

Yil voqeasi

"Formula-1" bo'yicha 72-jahon chempionati yorqin yakunlanish arafasida: 12 dekabr kuni Abu-Dabida mavsumning so'nggi poygasi bo'lib o'tadi va 1974 yildan beri birinchi marta chempionlik uchun davogarlar Xemilton va Ferstappen teng ochkoga ega (47 yil oldin Emerson Fittipaldi g'alabani Glue Regazzonidan tortib olgan edi). Poygachilar hal qiluvchi poygani mana shunday intriga bilan yakunlashmoqda.

Eng qizig'i Gran-pri oldidan "Red Bull" piloti Maks Ferstappen va "Mersedes" vakili Lyuis Xemilton bir xil 369,5 ballga ega.

CHempionatda g'alaba qozonish shartlari oddiy: poygachilardan biri ochkolar zonasini raqibidan yuqoriroqda tugatishi kerak (birinchi 10talikda). Xemilton 9-o'rinni egallagan va Ferstappen eng yaxshi aylanani qayd etgan (buning uchun ular 1 ochko beradi) va 10-o'rinni egallagan senariy bundan mustasno bo'ladi – shundan so'ng poygachilar teng hisobdagi ochkoda qoladilar va titul qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha "Red Bull"ga beriladi. Agar Lyuis va Maks ochko to'plashmasa (masalan, to'qnashuv yuz berganda), gollandiyalik sportchi jahon chempioniga aylanadi.

Ferstappen va Xemilton uchun mavsum qanday o'tdi?

4-bosqich: Xemilton bu mavsumda Ferstappen ustidan qozongan eng yaxshi natijasi (14 ochko)

6-bosqich: Bokuda shina portlagani uchun Ferstappen poygani erta yakunladi, Xemilton esa qayta startda g'alaba qozonish imkoniyatidan mahrum bo'ldi.

9 va 10-bosqichlar: SHanba kuni "Silverstoun" dagi sprintdan so'ng, Maksning Lyuisdan ustunligi 33 ochkoga etdi, ammo ertasi kuni Xemilton Ferstappenustidan g'alaba qozondi.

12-bosqich: Poyga 1 aylanadan iborat bo'ldi va ochkolarning faqat yarmigina berildi.

14-bosqich: Ferstappen va Xemilton Moncada to'qnashib ketishdi.

21-bosqich: Yana bir to'qnashuv, Ferstappen jarima oldi.

Lyuis to'rtta poyganing uchtasini g'alaba bilan boshladi va Ispaniya Gran-prisidan keyin Maksdan 14 ochko oldinga o'tib ketdi. Biroq, Monakodagi 5-bosqichda etti karra jahon chempioni muvaffaqiyatsizlikka uchradi. SHundan so'ng "Red Bull" vakili etakchilikni qo'lga oldi.

Boku Gran-prisida har ikki davogar ham birinchi marta hech narsasiz qolib ketdi: peshqadam bo'lgan Ferstappen shina portlashi tufayli poygadan chiqib ketdi, Xemilton esa xatoga yo'l qo'yib poygani so'nggi o'rinda yakunladi.

Navbatdagi Gran-prilarda Maks ketma-ket uch marta g'alaba qozondi va 32 ochko bilan mustahkam ustunlikka erishdi. "Silverstoun" dagi yakshanba kungi poygadan bir kun oldin esa ustunlik 33 ochkoga etgan edi, chunki Ferstappen F-1 sprint saralashida ilk bor g'alaba qozondi. Va shunga qaramay chempionatga intriga qaytdi. Britaniya Gran-prisining birinchi aylanasida peshqadamlar to'qnashib ketishdi, Maks ko'rikdan o'tish uchun kasalxonaga yo'l oldi, Xemilton baxtsiz hodisa uchun jarima oldi, keyin poygada g'alaba qozondi va chempionatdagi farqni 9 ochkogacha qisqartirdi. 

Gollandiyadagi uy trassasida Maks chempionatdagi peshqadamlikni qaytarib oldi, Moncadagi bosqichda esa poygachilar  yana to'qnashib ketishdi - bu safar "Red Bull" vakili aybdor deb topildi.

Sochidagi yomg'irli Rossiya Gran-prisida gollandiyalik ochkolarni minimal hisobgacha qisqartidi - u Xemilton bilan to'qnashib, dvigatelni almashtirgani uchun jarimalar tufayli poygani oxirgi o'rinda boshladi, lekin baribir yakunda ikkinchi bo'ldi. Lyuis g'alaba qozondi va uchinchi marta o'zaro kurashda peshqadamlikni qo'lga oldi, ammo keyingi bosqichda dvigatel o'zgarishi tufayli muhim ochkolarni yo'qotdi.

Maks AQSH va Meksikadagi muvaffaqiyatli poygalardan so'ng qisqa vaqt ichida etakchilikni qo'lga olishga muvaffaq bo'ldi, Xemilton esa Braziliya, Qatar va Saudiya Arabistonidagi keyingi uchta poygada farqni qisqartirdi. 

Yakuniy poyga oldidan chempionlik uchun davogar ikki poygachi ham  369,5 ochkoga ega, biroq Ferstappen hamon individual jadvalda peshqadamlik qilmoqda (qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha).

Abu-Dabida kim favorit?

Statistik malumotlar va oxirgi bosqichlardagi voqealar rivoji Lyuis foydasiga. "Mersedes" ananaviy tarzda Abu-Dabi Gran-prisida kuchli ko'rinmoqda va etti karra chempion "Yas Marina" trassasini yaxshi his qiladi. Bundan tashqari, u mavsumning so'nggi uchta poygasida g'alaba qozondi, uning bolidi uzoq masofali poygada so'zsiz eng yaxshisidir. Ammo Maks ham ertaga borini berib kurashadi.

Va shunga qaramay, hech kim Abu-Dabi Gran-prisi uchun aniq taxminni aytolmaydi. Lyuisdan farqli o'laroq, Maks birinchi marta "Formula-1" chempioni bo'lish uchun kurashmoqda.

Tajriba yoki yoshlik shijoati? Ertaga hal qiluvchi poygani kuzatib barchasiga o'zingiz guvohi bo'ling. Yakuniy Abu-Dabi Gran-prisi 12 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.

Xurshida Abdikulova tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing