So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

20 apr 08:25
Yangiliklar

SHaxmat

Gukesh Dommaraju vs Javohir Sindarov: Jahon toji uchun match qaerda va qaysi qoidalar asosida o'tkaziladi?

Grossmeysterimiz Javohir Sindarov Kiprda o'tgan "Nomzodlar turniri"dagi tarixiy natijasi evaziga Jahon toji uchun matchda qatnashish huquqini qo'lga kiritgan edi.

Reja bo'yicha Jahon toji uchun match shu yilning noyabr oyi oxiri dekabr oyining boshlarida tashkil etiladi. Hozircha bu supermatchga qaysi davlat mezbonlik qilishi aniq emas. Amaldagi chempion hindistonlik Gukesh Dommaraju! Hindiston o'zini shaxmat mamlakati deb ataydi va shu bilan birga mamlakatda shaxmatni qo'llab-quvvatlovchi milliarderlar talaygina. Aytmoqchi bo'layotganimiz, match mezbonligini olish uchun tish-tirnoqlari bilan harakat qilishadi. 

Bizdagi malumotlarga ko'ra, Toshkent shahri ham mezbonlikni shunchaki berib qo'ymoqchi emas. Ayrim xabarlarga ishonadigan bo'lsak, mezbonligimiz masalasi deryali hal bo'lgan. Hozircha bu borada hech qanday rasmiy malumot yo'q. 

Jahon toji uchun kechadigan matchning o'ziga kelsak, u 14 ta klassik partiyadan iborat bo'ladi. Birinchi bo'lib 7,5 ochko yoki undan ko'proq to'plagan shaxmatchi g'olib deya elon qilinadi va qolgan partiyalar o'tkazilmaydi. Agar 14 partiyadan keyin ham hisob teng bo'lsa, u holda tay-breklarga murojaat qilinadi. 

Malumot uchun, Gukesh Dommaraju 2024 yilning 12 dekabr kuni xitoylik Din Lijenni 7,5:6,5 hisobida mag'lubiyatga uchratib, 18 yoshida 18-Jahon chempioniga aylangan edi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing