13 dek 17:06
Yangiliklar
SHaxmat
Gukesh: "Jahon chempioni bo'lish - dunyodagi eng zo'ri degani emas. Hali Magnus Karlsen bor"
Kecha shaxmat bo'yicha jahon chempionligini qo'lga kiritgan Gukesh shaxmat toji uchun Magnus Karlsen bilan o'ynash istagi borligini aytdi.
"Din xatoga yo'l qo'yganini tushungan paytim, menimcha hayotimdagi eng zo'r lahza bo'ldi.
Ulkan orzum ushaldi, men juda baxtliman. Maqsadim - cho'qqida imkon qadar ko'proq qolish. Faoliyatim endi boshlanmoqda, men o'ynashni boshlaganimga bor-yo'g'i 10 yil bo'ldi.
Jahon chempioni bo'lish hali dunyodagi eng zo'ri ekanligimni anglatmaydi. Magnus bor. Yuqori darajadagilar menga motivaciya beradi. Bu meni to'g'ri harakatlanishga majbur qiladi.
Dunyo birinchiligi uchun Magnus bilan o'yin o'tkazish ajoyib bo'lardi. Bu eng qiyin sinov bo'lardi. Ammo barchasi Magnusga bog'liq. Men jon deb dunyoning eng zo'r o'yinchisiga qarshi o'zimni sinab ko'rgan bo'lardim", - dedi Gukesh.
Havola :
Manba : The Indian Express
Fikrlar