So’nggi yangiliklar

15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0

05 may 16:16
Yangiliklar

Boshqalar, Bolalar sporti

Gulistondan maxsus reportaj: Baxtsiz hodisadan jabr ko'rganlar o'rtasida qiziqarli musobaqalar o'tkazilmoqda

Teglar :  GulistonSardoba
Sardoba suv ombori bilan yuz bergan baxtsiz hodisadan natijasida zarar ko'rgan hududlardan ko'chirilgan aholi salomatligi va ruhiy holatini mustahkamlash maqsadida ular o'rtasida turli sport turlari bo'yicha qiziqarli musobaqalar tashkil etilmoqda.


Jumladan, Guliston shahrida joylashgan Olimpiya zaxiralari maktab-internatiga joylashtirilgan 700 nafarga yaqin aholi bugun tongni uyushgan holda ertalabki badantarbiya mashg'ulotlari bilan boshladi.

SHundan keyin, ayollar va bolalar o'rtasida o'ziga xos estafeta musobaqalariga start berildi. Ishtirokchilar jamoalarga bo'lingan holda arqon tortishish va estafetaning boshqa yo'nalishlari bo'yicha o'zaro bellashishmoqda.

SHuningdek, yoshlar va havaskorlar o'rtasida stol tennisi, badminton, voleybol, basketbol, shaxmat va shashka bo'yicha musobaqalar ham tashkillashtirilmoqda. Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlar mutasaddilar tomnidan taqdirlanishadi.

Kecha ham kun davomida stol tennisi, shaxmat va shashka bo'yicha musobaqalar o'tkazilgan edi. Musobaqalar yakunida g'oliblarga maxsus esdalik sovg'alari topshirildi.

Xabaringiz bor, ayni paytda Sardoba fojeasidan jabr ko'rgan mahalliy aholi uchun respublikamizning barcha hududlaridan insonparvarlik yordamlari jo'natilmoqda. «Saxovat karvonlari» Guliston shahrida mutasaddi xodimlar tomonidan kutib olinib, faollar bilan birgalikda sardobaliklarga tarqatilmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing