So’nggi yangiliklar

19:37Энг бадавлат боксчи бугунга келиб катта қарздорга айланди. Флойд Мейвезер қандай қилиб бундай аҳволга келиб қолди? 0 19:16Жаҳонободда белбоғли кураш бўйича очиқ турнир ўтказилди 0 18:55Зиданнинг ўғли жағини синдириб олди ва ЖЧ-2026'ни ўтказиб юбориши мумкин 0 18:34Нурсултон Рўзибоев UFC билан нечта жанглик шартномаси борлигини айтди 0 18:13WTA рейтинги. Теннис маликаларимиз мос равишда 14, 18 ва 22 поғонага юқорилашди 0 17:52"Бенавидесда катта ўсишни кўрмадим, медиа уни юлдуз қилмоқда" - мураббий 0 17:31Ўзбекистон U-20 терма жамоаси CAFA мусобақасида қатнашади 0 17:10Тошкент Турон спорти бўйича тарихий Жаҳон чемпионатига мезбонлик қилади 0 16:49"Бивол — рўйхатимда биринчи рақам" - Бенавидес 0 16:28Фомин 44 очко эвазига 69 поғонага юқорилади. Бу унинг ATP`даги энг юқори рейтинг ўрни! 0 16:07Чимаев Стриклендга қарши жангда секунданти ким бўлишини айтди 0 15:46Арбелоа "Барселона"га чемпионликни таъминлаб қўйиши мумкин бўлган "Эл Класико" ҳақида гапирди 0 15:25Даниэль Кормье Махачевга рақибини алмаштиришни таклиф қилди 0 15:04Аманда Нуньес: "Харрисондан камаримни қайтариб олмоқчиман" 0 14:43Турки Ал аш-Шайх бу жанг юзасидан Усик билан учрашади — The Ring 0

14 dek 18:39
Yangiliklar

Futbol

"Guliston" 16 dekabrdan o'quv-yig'in mashg'ulotlariga kirishadi. Klub prezidenti, direktori va bosh murabbiyi malum

Teglar :  Guliston
"Guliston" qaytmoqda.

"Viloyat hokimligi tashabbusi bilan "Guliston" professional futbol klubini tashkil etish bo'yicha ishlar jadal suratlarda boshlab yuborildi.

Bugungi kunda klubning boshqaruv tizimi to'liq shakllantirilib, murabbiylar shtabi ham aniqlandi. Jamoa 16 dekabrdan boshlab o'quv-yig'in mashg'ulotlariga kirishadi. Bu esa yangi tashkil etilayotgan klubning oldiga qo'yilgan yuksak maqsadlar sari tashlangan muhim qadamdir.

Klub prezidenti lavozimiga Ashurmatov Oybek SHodmonqulovich tayinlandi. Klub direktori sifatida esa yaqin o'tmishda "Mashal" va "Nasaf" jamoalari safida yorqin o'yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan, AFK Kubogi sohibi, taniqli futbolchi Jahongir Jiyamurodov faoliyat olib boradi. Ularning rahbarligida klubni zamonaviy talablarga mos tarzda rivojlantirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Jamoaning bosh murabbiyi etib O'FA instruktori, tajribali va iqtidorli mutaxassis Abbos Ergashev tayinlandi. Hozirgi vaqtda jamoa tarkibini shakllantirish ishlari olib borilmoqda, istiqbolli futbolchilar jalb etilmoqda. Tez orada klub hayotiga oid muhim yangiliklar bilan futbol muxlislarini muntazam xabardor qilib boramiz.

"Guliston" professional futbol klubi — hudud futboli rivoji yo'lida yangi sahifa, yangi umid va katta maqsadlar timsolidir", — deyiladi xabarda.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing