04 mar 12:30
Yangiliklar
Voleybol

Navoiy va Gulistonda U 17 yosh toifasi bo'yicha O'zbekiston chempionati o'tkazilmoqda + FOTO
SHu kunlarda Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida U 17 yosh toifasi bo'yicha O'zbekiston chempionati bahslari bo'lib o'tmoqda.
U 17 yosh o'g'il bolalar o'rtasidagi mamlakat chempionati Navoiy viloyatida, qizlar musobaqasi Sirdaryo viloyatida o'tkazilmoqda.
Har ikki viloyatda o'tayotgan O'zbekiston chempionati bahslarida Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri jamoalari qatnashmoqda.
Navoiy viloyatida bo'lgani singari Gulistonda davom etayotgan chempionatda jamoalar 4 ta guruhga bo'lingan holda bahs olib bormoqda.
Sport vazirligi, O'zbekiston voleybol federaciyasi va hamkor tashkilotlar ko'magida tashkil etilayotgan mamlakat chempionati musobaqalari 8 martga qadar davom etadi.
O'zbekiston Voleybol federaciyasi Matbuot xizmati
Havola :
Fikrlar