26 jan 18:04
Yangiliklar
Gulruhbegim CHennaydagi musobaqada ayollar o'rtasida ikkinchi bo'ldi
18 yanvardan 25 yanvarga qadar Hindistonning CHennay shahrida bo'lib o'tgan musobaqada 17 mamlakatdan 317 nafar shaxmatchilar ishtirok etishdi. Ular orasida 16 xalqaro va ikki ayol grossmeysterlar qatnashishdi. Musobaqada 10dan 8,5 ochko to'plagan ukrainalik Adam Tuxaev chempion bo'ldi.
O'zbekistonlik xalqaro groyssmeyster Gulruhbegim Toxirjonova musobaqada 6,5 ochko jamg'ardi ayollar o'rtasida ikkinchi o'rinni egalladi. Etiborlisi hindistonlik ayol shaxmatchi Mahalakshmi ham 6,5 ochko bilan ayollar o'rtasida birinchi bo'ldi. Hindistonlik faqat qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yichagina Toxirjonovani ortda qoldirdi.
Yana bir o'zbekistonlik shaxmatchi Sarvinoz Qurbonboeva 5,5 ochko to'pladi.
Eslatib o'tamiz, Gulruhbegim Toxirjonova yaqinda Nyu Delida o'tgan xalqaro musobaqada ayollar o'rtasida eng yaxshi natijani qayd etgandi.
Fikrlar