28 jan 13:09
Yangiliklar

Gulruhbegim Gibraltardagi kuchli turnirda ishtirok etyapti
Ananaviy tarzda har yili o'tkazib kelinadigan “Gibraltar chess festival 2019” musobaqasida dunyoning kuchli grossmeysterlari va ular qatorida hamyurtimiz, xalqaro ayollar grossmeysteri Gulruhbegim Tohirjonova (2446) ham ishtirok etyapti.
Ishtirokchilar orasida Maksim Vashe-Lagrav (Franciya, 2781), Levon Aronyan (Armaniston, 2765), Uesli So (AQSH, 2765), Xikaru Nakamura (AQSH 2746), Czyuy Venczyun (Xitoy, 2575), Anna Muzichuk (Ukraina, 2569), Katerina Lagno (Rossiya 2560) kabi xalqaro grossmeysterlar, jahon chempionlarining borligi musobaqa nufuzidan darak berib turibdi.
Hozircha so'nggisi bo'lib turgan oltinchi partiyada Gulruhbegim Tohirjonova oq donalarda gollandiyalik xalqaro master Uelling Jerrardni mag'lubiyatga uchratib, ochkolar sonini 3,5taga etkazib oldi. Bugun hamyurtimiz 7-turda o'zi singari 3,5 ochkga ega bo'lib turgan rossiyalik xalqaro grossmeyster Daniil Yuffa (2578)ga qarshi qora donalarda harakat qiladi.
Bugungi o'yinlar oldidan turnir jadvalida 5tadan ochko jamg'argan chexiyalik David Navara (2738), shveciyalik Nils Grandelius (2682), rossiyalik Vladislav Artemev (2709), armanistonlik Levon Aronyan (2767), vetnamlik Le Kuang Lem (2714), xorvatiyalik Ivan Sarich (2690), hindistonlik Adxiban (2689) hamda amerikalik Xikaru Nakamura (2749) qo'shhokimlik qilishyapti.
Fikrlar