29 jan 09:13
Yangiliklar

Gulruhbegim Gibraltardagi turnirda ettinchi uchrashuvini o'tkazdi
Ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan “Gibraltar chess festival 2019” musobaqasida dunyoning kuchli grossmeysterlari va ular qatorida hamyurtimiz, xalqaro ayollar grossmeysteri Gulruhbegim Tohirjonova (2446) ham ishtirok etyapti.
Ishtirokchilar orasida Maksim Vashe-Lagrav (Franciya, 2781), Levon Aronyan (Armaniston, 2765), Uesli So (AQSH, 2765), Xikaru Nakamura (AQSH 2746), Czyuy Venczyun (Xitoy, 2575), Anna Muzichuk (Ukraina, 2569), Katerina Lagno (Rossiya 2560) kabi xalqaro grossmeysterlar, jahon chempionlarining borligi musobaqa nufuzidan darak berib turibdi.
Kecha ettinchi partiyada Gulruhbegim Tohirjonova qora donalarda rossiyalik xalqaro grossmeyster Daniil Yuffa (2578)ga qarshi harakat qildi va kuchli raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bugun Tohirjonova 8-turda oq donalarda rossiyalik Elizaveta Solojenkinaga qarshi bahs olib boradi.
Bugungi o'yinlar oldidan turnir jadvalida 6 ochko jamg'argan rossiyalik Vladislav Artemev (2709) yakka peshqadam bo'lib oldi. Kecha u amerikalik Xikaru Nakamurani mag'lub etishning uddasidan chiqqandi. Gulruhbegim 100talikda ham yo'q.
Fikrlar