12 fev 13:13
Yangiliklar
SHaxmat
Gulruhbegim Toxirjonova O'zbekiston shaxmat Federaciyasiga qaytdi
Xalqaro sport ustasi (IM) Gulruhbegim Toxirjonova AQSH federaciyasidan O'zbekistonga qaytishga qaror qildi.
"2016 yilda ayol grossmeyster, 2024 yilda xalqaro sport ustasi unvonlariga erishgan sportchimizning qarori O'zbekiston shaxmatini jahon miqyosida yanada kuchaytirish uchun xizmat qiladi.
Uning tajribasi, mahorati bilan O'zbekiston shaxmati yangi cho'qqilarni zabt etadi. Gulruhbegimga kelajakdagi musobaqalarda omad tilaymiz va uning yutuqlari bilan faxrlanamiz", - deyiladi UzChess xabarida.
Malumot uchun, Gulruhbegim Toxirjonova bir necha yil mobaynida AQSH sharafini himoya qildi. U Amerika safida 2024 yilgi SHaxmat Olimpiadasida bronza medalini qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : UzChess
Fikrlar