29 may 11:47
Yangiliklar
Gulruhbegimda yana g'alaba, lekin u karvonboshi emas
Ayollar o'rtasida o'tkazilayotgan musobaqaning sakkizinchi turida xalqaro grossmeysterimiz Gulruhbegim Tohirjonova yana g'alaba qozondi. Birinchi ayol grossmeysterimiz Nafisa Mo'minovaning singlisi bo'lgan Gulruhbegim qora donalarda o'ynashiga qaramay, yana bir grossmeysterimiz Sarvinoz Qurbonboevani mag'lub etdi.
Peshqadam Bibisara Assaubaeva ham qora donalarda muhim g'alabani qo'lga kiritdi. Qozog'istonlik shaxmatchi vatandoshi Gulisxan Naxbaevani yutdi. Nilufar Yoqubboeva oq donalarda qozog'istonlik Gulmira Dauletovadan ustun keldi.
Turnir jadvalida Bibisara Assaubaeva 6,5 ochko bilan birinchi o'rinni egallab turibdi. Nilufar Yoqubboeva va reyting peshqadami Gulruhbegim Tohirjonova hisobida 6 ochkodan bor.
Bugun so'nggi to'qqizinchi turda karvonboshi Bibisara Assaubaeva Sarvinoz Qurbonboevani sinovdan o'tkazadi. Agar mazkur qarama-qarshilikda hamyurtimiz g'alaba qozona olsa, Tohirjonova yoki Yoqubboeva jahon kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritadi.
Fikrlar