So’nggi yangiliklar

18:26Таэквондо. Ёсинбек Одилов - Жаҳон чемпиони! 0 18:17"Бунёдкор" ва "Локомотив"нинг муштлашган футболчилари дисквалификация қилиниб, клублар жаримага тортилди 0 17:52Дана Уайт Ульбергнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 17:26Магомед Анкалаев Прохазкани жангга чорлади 0 17:10Расман: Самвел Бабаян “Андижон”дан кетди 0 17:02"Бу ягона имкон эди". Собиқ чемпион Ульбергнинг ғалабаси ҳақида гапирди 0 16:39Камбоджа терма жамоаси ўзбекистонлик футболчини маҳаллийлаштиради 0 16:16Дана Уайт қандай қилиб Дональд Трамп сабаб кардга жанг қўшилганини айтди 0 15:52Илия Топурия Испаниядаги UFC турнири учун идеал жойни айтди 0 15:24Дана Уайт: "Жонс билан бизнес қилиб бўлмайди, лекин..." 0 15:01"Реал" Лунин билан боғлиқ муаммолардан сўнг янги дарвозабон ҳақида ўйлаб қолди 0 14:38Арсланбек Махмудов — Тайсон Фьюри жангидан сўнг: "Менимча дуранг эди" 0 14:16Жон Жонс: "Фаолиятимни якунлаганимга ишончим комил эмас" 0 13:52Дана Уайт Чимаев — Стрикленд жангидан олдин қандай хавфсизлик чораларини кўришини очиқлади 0 13:29Ямаль "Барселона" раҳбариятига таклиф билан чиқди 0

25 may 09:07
Yangiliklar

SHaxmat

Gulruhbegimning kutilmagan mag'lubiyati FOTOGALEREYA

Xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi xalqaro shaxmat akademiyasida Jahon kubogi uchun Markaziy Osiyo saralash musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Ayollar o'rtasida o'tkazilayotgan musobaqaning to'rtinchi turida xalqaro grossmeysterimiz Gulruhbegim Tohirjonova kutilmaganda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Turnir reytingida birinchi raqam ostida tasniflangan Tohirjonova oq donalarda harakat qilishiga qaramay, yana bir hamyurtimiz Nilufar Yoqubboevaga imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

Ushbu g'alabasi evaziga Yoqubboeva musobaqa jadvalida 3,5 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib oldi. Qozog'istonlik shaxmatchilar - Madina Davletbaeva va Gulisxan Naxbaeva uchrashuvida durang qayd etildi. Grossmeysterimiz Sarvinoz Qurbonboeva qozog'istonlik Gulmira Dauletovaga yutqazib qo'ydi. 

Bahora Abdusattorova yana bir qozog'istonlik shaxmatchi Bibisara Assaubaevaga yutqazdi. Bugun o'tkaziladigan beshinchi tur oldidan Yoqubboeva 3,5 ochko bilan yakka karvonboshi bo'lib turibdi. Gulmira Dauletova va Gulruhbegim Tohirjonova hisobida 3 tadan ochko bor. Bugun Nilufar oq donalarda Dauletovaga qarshi o'ynaydi. Tohirjonova esa qora donalarda Naxbaeva bilan hisob-kitob qiladi. 

Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing