01 sen 10:13
Yangiliklar
Boks/MMA
Guskovning murabbiyi keyingi raqib kim degan savolga javob berdi
Hamyurtimiz Bogdan Guskov o'tgan oyda o'tkazilgan so'nggi jangida sobiq UFC chempioni Magomed Ankalaevga imkoniyatni boy bergan edi.
Bogdan Guskovning murabbiyi Gor Azizyan shogirdining navbatdagi raqibi sifatida divizionning kuchli o'ntaligidan joy olgan jangchilardan birini ko'rishni istamoqda.
"Hammasi UFC`ga bog'liq, lekin biz o'zimizdan yuqoriroqda turgan yigitlarni so'raymiz. CHunki pastroqdagi jangchilar bilan kuch sinashishning bizga manosi yo'q. Xalil Rauntri bilan ularning jangi yaxshi boks namoyishi bo'lardi. Dominik Reyes bilan ham jangini ko'rishni istardim, shuningdek, Navaxo Stirling bilan ham jang qilish qiziqarli bo'lardi", – dedi Azizyan.
Malumot uchun, Bogdan Guskov ayni paytda o'z divizioni reytingida 11-o'rinni egallab turibdi.

Havola :
Fikrlar