13 mar 17:29
Yangiliklar
Tennis
Gvadalaxara. Ejeni Bushar va Sara Sorribes-Tormo chempionlik uchun kurashadi
Kanadalik tennischi Ejeni Bushar Gvadaxaradagi turnir yarim finalida italiyalik Elizabetta Kochchiarettoni 6/2, 7/6 hisobida mag'lubiyatga uchratib, finalga chiqdi.
1 soatu 46 daqiqa davom etgan uchrashuvda 27 yoshli jahonning 144-raqamli tennischisi Ejeni 3 marta breyk va 2 bor eysni amalga oshirib, 4 marta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. WTA reytingida 134-o'rinni egallab turgan 20 yoshli Kochchiarettoesa bir marotaba raqibasini to'p uzatishini yutib oldi. 1 bor eys va 2 marta qo'shxatoni qayd etdi. Bu tennischilar avval uchrashishmagan.
“Abierto Zapopan” turniri finalida Bushar ispaniyalik Sara Sorribes-Tormoga qarshi bahs olib boradi. Sara chexiyalik Mari Buzkovani 6/3, 7/6 hisobida mag'lub etib, finalga chiqdi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar