10 apr 16:57
Yangiliklar
Futbol

Gvardiola Agueroga APL klublarining qiziqish bildirayotgani haqida gapirdi
"Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola mavsum so'nggida "shaharliklar" bilan shartnomasi tugaydigan Serxio Agueroga Angliya klublarining qiziqishi haqida gapirdi.
"Aguero APLda qolishi mumkin? Unga faqatgina eng yaxshi tilaklarni tilayman. U faoliyatining so'nggi qismi uchun eng yaxshi joyni topsin.
Biz hurmat bilan uning qarorini qabul qilamiz. Uni har qanday holatda qo'llab-quvvatlaymiz", - deydi ispaniyalik mutaxassis.
32 yoshli futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 8ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar