02 dek 08:49
Yangiliklar
Futbol
Gvardiola APLda 150-g'alabasiga erishdi. U Mourinodan yaxshiroq natija qayd etdi
"Manchester Siti" APLning 14-turida "Aston Villa"ni mag'lubiyatga uchratdi.
Bu Pep Gvardiola uchun APLdagi 150-g'alaba bo'ldi. Buning uchun unga 203 ta o'yin kerak bo'ldi. Bu orqali Gvardiola APLda hammadan tez ushbu natijani qayd etgan murabbiyga aylandi.
Bu ko'rsatkich bilan u Joze Mourinodan ham o'tib ketdi. Mourinoning 150 ta g'alabaga erishishi uchun 230 ta o'yin kerak bo'lgan.
Havola :
Manba : Opta Sports
Fikrlar