29 sen 14:20
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/45938_220.jpg)
Gvardiola Kompanini "Manchester Siti"da olib qolmoqchi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa sardori Vensan Kompanining mavsum yakunlangandan keyin ham jamoada qolishini xohlamoqda.
Bu haqda "Goal.com" nashri xabar berdi.
32 yoshli belgiyalikning amaldagi shartnomasi 2019 yilning yozida nihoyasiga etadi, yangi kelishuv borasidagi muzokaralar esa hali boshlanmagan. Gvardiola yaqindagina jamoaga kelganining 10 yilligini nishonlagan Kompanining yangi shartnomasi borasida rahbariyat bilan gaplashadi.
"Ha, Kompanini olib qolmoqchiman. O'n yil - bu ko'p. Bu ajoyib ko'rsatkich", - dedi Gvardiola.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar