28 apr 14:51
Yangiliklar
Futbol
Kompani PSJ bilan uchrashuvni UEFA vakili nazorati ostida tomosha qiladi va jamoa bilan umuman gaplashmaydi
Kompani PSJga qarshi o'yin uchun qatiy diskvalifikaciya oldi.
Belgiyalik mutaxassis “Real” bilan javob uchrashuvida sariq kartochkaga loyiq ko'rilgani uchun PSJ bilan yarim finalning ilk o'yinida qatnashmaydi.
Unga quyidagi jazolar qo'llangan:
???? U PSJga qarshi o'yin uchun jamoa bilan birga sayohat qiladi, lekin kelganidan keyin ulardan ajralishi kerak.
???? Unga kiyinish xonasiga kirish hamda futbolchilar va xodimlar bilan har qanday muloqot taqiqlangan.
???? U faqat jamoa bilan aloqada bo'lmagan holda media-vazifalarini bajarishi mumkin.
???? U o'yinni UEFA vakili nazorati ostida alohida VIP-lojadan tomosha qiladi.
???? Har qanday telefon aloqasi qatiyan man etilgan.
Eslatib o'tamiz, PSJ – “Bavariya” bellashuvi bugun 23:59 da boshlanadi.
Havola :
Manba : The Touchline
Fikrlar