So’nggi yangiliklar

10:42Иржи Прохазка кутилмаган мағлубиятига изоҳ берди 0 10:21"Эй Жей, мен сени чақиряпман". Тайсон Фьюри Махмудов устидан қозонилган ғалабадан кейин нималар деди? 0 10:00UFC 327: Олтита "финиш" қайд этилган Прохазка - Улберг оқшомининг барча натижалари 0 09:39Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Насср"да ғалаба, Роналду навбатдаги голини урди 0 09:18Тошкентда таэквондо бўйича Жаҳон чемпионати старт олди, бугун уч нафар ҳамюртимиз медаль учун баҳс юритади 0 08:56UFC 327. Марказий чемпионлик жанги биринчи раунддаёқ якунланди 0 08:38UFC 327. Co-main event жангда техник нокаут қайд этилди 0 08:05Суперлига. Бугун навбатдаги турга старт берилади 0 22:43"Номзодлар турнири". Синдаров тарихий натижага яқинлашяпти 0 18:23"Кейинги сафар ўзим каби бўламан". Двалишвили Янга қарши реваншдаги хатосини айтди 0 18:02Диллиан Уайт Фьюри — Махмудов жангига тахмин берди 0 17:41"Бавария”, "Ливерпуль” ва "Арсенал" Гордон учун даъвогарлик қилмоқда 0 17:20Тимофеева Руандаги иштирокини ғалаба билан бошлади 0 16:59Илия Топурия: "Махачев билан жанг барибир бўлади. Бунга умид қиламан" 0 16:38Дана Уайт: "Биз бу жангда хавфсизлик чораларини кучайтиримиз — беҳазил" 0

25 iyu 07:07
Yangiliklar

Futbol

"H" guruhidagi vaziyat: Polsha uchun eshiklar yopildi, Yaponiya peshqadam!

Kecha oqshom o'tkazilgan o'yinlar bilan JCH-2018ning ikkinchi tur uchrashuvlariga yakun yasaldi.

"H" "kvartet"ida faqatgina bir jamoa uchun JCH muddatidan avval yakunlandi. Polsha Kolumbiyadan qabul qilib olgan yirik mag'lubiyatdan so'ng guruhdan chiqish imkoniyatlarini yo'qotdi. 

Yaponiya, Senegal va Kolumbiyada esa nimchorak final yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun imkoniyat mavjud. Ushbu guruhdan kimlar chiqishi esa 3-turdan keyin hal etiladi.

Oxirgi turda Yaponiya nimchorak final eshiklarini erta yopib qo'ygan Polsha bilan uchrashsa, Kolumbiya Senegal bilan kuch sinishadi. Ayni paytda Yaponiya va Senegalda 4 ochkodan, Kolumbiyada hisobida esa 3 ochko mavjud. 

Oxirgi turda Kolumbiyani faqatgina g'alaba qanoatlantiradi. Durang qayd etsa, unda narigi bahsda Polsha Yaponiyani mag'lub etishiga umidvor bo'lib qoladi. Senegalni esa durang natijasi ham keyingi bosqichga olib chiqadi.

Yaponiyani esa durang natijasi ham qoniqtiradi. Agarda samuraylar Polshadan mag'lubiyatga uchraydigan bo'lishsa, unda parallel o'yinda Senegalning g'alabasidan umidvor bo'lishadi.

P.S. Agarda jamoalar ochkolari bir xil bo'lib qolsa, unda reglament bo'yicha avvalo to'plar nisbati, shunda ham tenglik bo'lsa, unda qaysi jamoa ko'proq gol urganiga etibor beriladi. Bu borada ham tenglik qayd etilsa, unda o'zaro o'yinlar inobatga olinadi. 

Agarda shunda ham ko'rsatkichlar teng bo'ladigan bo'lsa, unda eng kam ogohlantirish olgan jamoa jadvalda yuqoriga ko'tariladi. Barcha ko'rsatkichlar teng keladigan bo'lsa, unda FIFA “qo'r qura” orqali g'olibni aniqlaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing