So’nggi yangiliklar

21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:54Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

09 apr 13:23
Yangiliklar

Futbol

Hakamlar departamenti rahbari Erkin Baxtiyorov: "VAR atrofidagi xavfsizlikni mezbon klub taminlab berishi shart"

Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Paxtakor" uchrashuvi hali ancha muhokama bo'ladi.

Bahs so'nggida bosh hakam Firdavs Norsafarov VAR'ga murojaat qilib mezbonlar darvozasiga penalti belgilanganidan keyin stadionda va uning tashqarisida nimalar bo'lganini ko'pchilik ko'rdi. Quyidagi suratga etibor qiling. Bosh hakam VAR orqali qiyin vaziyatdagi juda muhim qarorni qabul qilmoqda, uning ortida 20dan ziyod inson turibdi. Aslida qanday bo'lishi kerak? VAR hududiga kimlar kelishi mumkin? Bu hudud o'ralgan bo'lishi kerak emasmi? Agar xudo saqlasin kimdir bosh hakam VAR'ga qarab turganida ortidan musht tushirib qolsa bunga kim javob beradi? O'sha o'yin bosh hakami Firdavs Norsafarovning holati qanday? SHu kabi savollar bilan O'FA hakamlar departamenti rahbari Erkin Baxtiyorovga murojaat qildik.

"Navbahor" - "Paxtakor" uchrashuvi vaqtida VAR atrofida turgan odamlarning rasmini va videolarini ko'rdik. Aslida bu hududda faqat bosh hakam va TV xodimi o'z kamerasi bilan (1 dona) bo'lishi mumkin. TV xodimi hakamning aytganlarini efirga uzatmasligi shart.

Bu hududdagi tartib va xavfsizlikni mezbon klub taminlab berishi shart. Bilasizki har bir klubda xavfsizlik oficeri mavjud. Aynan shu inson o'yindan oldin bu joyga hech kim yaqinlashmasligini taminlashi kerak. Lekin ko'rayapmizki bir inson 20 nafar shaxsga qarshi tura olmaydi. SHu bois birgina insonni aybdor qilmoqchi emasman. Meni xayron qoldirgani VAR atrofida ikkala jamoa zaxira o'rindig'idagi insonlardan tashqari yana begonalar ham borligi bo'ldi. Qanday qilib zaxira o'rindig'ida bo'lmagan insonlar bu joyga kelib qolishdi? Balki keyingi turlardan bu hududga etarli miqdorda IIB xodimlarini qo'yish kerakdir.

SHunday voqelardan keyin hech qaysi hakam Namangandagi o'yinni boshqarishni xohlamasligi mumkin, VAR ham Namanganga bormasligi mumkin. Eshitishimga qaraganda TV ham borishga hayiqib qolgan. O'ylab ko'ring kim ham moddiy zarar bo'ladigan joyga borishni xohlaydi?

Bosh hakam Firdavs Norsafarov bilan o'yin tugashi bilan gaplashgandim. Kecha ham, bugun, bir soat oldin ham telefon orqali suhbatlashdik. Holati yaxshi. Juda og'ir o'yindan chiqib ketish jarayonini boshdan kechirmoqda. Hakamlar o'sha o'yindan keyin 2-2,5 soat davomida stadion kiyim almashtirish xonasida qolib ketishgan. Eshitishimga qaraganda "Paxtakor" futbolchilari ham 3 soatga yaqin stadiondan chiqa olishmagan. Hakamlarimiz mehmonxonaga borishganida uning atrofida ko'plab muxlislar bo'lgan. SHukurki barcha hakamlarimiz sog'-salomat o'z uylariga etib borishdi", - deydi Erkin Baxtiyorov championat.asia saytiga.

Bu mavzuda "Navbahor" - "Paxtakor" uchrashuvi komissari Said SHohruh bilan ham bog'lanishga va uning fikrlarini bilishga harakat qildik. Biroq komissarlarga intervyu berish mumkin emas degan javobni oldik.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing