01 avg 17:50
Yangiliklar
![](/upload/storage/2143_220.jpg)
Hakamlarimiz UEFA tashkil etadigan o'quv-seminarda ishtirok etadi
Mazkur o'quv-seminarda o'zbekistonlik hakamlardan Nayim Qosimov va uning assistentlari Sanjar SHoyusupov hamda Obid Jumaev, shuningdek, Vladislav Ceytlin hakamlar instruktori sifatida qatnashadi.
“Hakamlikni rivojlantirish dasturi” doirasidagi o'quv-seminarni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad – kelajakda FIFA referisi sifatida etishib chiqishga salohiyati bo'lgan hakamlarning futbol haqida umumiy bilimi, hakamlik mahorati hamda kompyuter savodxonligini oshirishdan iborat.
Mazkur o'quv-seminar yakunida qatnashchilar Intermittent Recovery Test Level 1 testini ishlaydi hamda ingliz tilidagi futbol qonun-qoidalari haqidagi savollarga javob berishadi. Olingan bilim va ko'nikmalarni amalda sinash uchun hakamlar brigadasi Franciya yoki SHveycariya futbol ligasidagi rasmiy uchrashuvlardan birida ishlaydi.
Fikrlar