28 iyu 20:14
Yangiliklar
Tennis
Hamburg European Open turnirining g'olibi aniqlandi
Germaniyaning Gamburg shahrida tennis bo'yicha nufuzli ATP turniri yakunlandi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida ATP reytingida 78-pog'onani egallab turgan rossiyalik Andrey Rublyov dunyoning 16-raketkasi gruziyalik Nikoloz Basilashviliga qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 7 daqiqa davom etgan bahsda Nikoloz 7/5, 4/6, 6/3 hisobida zafar quchib, bosh sovrin sohibiga aylandi.
Hamburg European Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Basilashviliga 354 845 dollar mukofot puli hamda 500 reyting ochkosini taqdim etdi. Bu uning joriy mavsumdagi birinchi, faoliyatidagi uchinchi tituli edi. Rublyov esa Gamburgdagi ishtirokidan 178 220 dollar hamda 300 ochko ishlab oldi.
Havola :
Fikrlar