So’nggi yangiliklar

19:01Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди 0 18:39Сирил Ган Аспиналл билан жанг қачон ташкил этилиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 18:17Арман Царукян ММА’дан кейин нима билан шуғулланишини айтди 0 17:52Пауло Коста UFC 326 турнирида октагонга чиқади 0 17:26Нигерия ЖЧ саралашидаги мағлубиятдан сўнг Конго ДР устидан ФИФАга шикоят қилди 0 17:01Жейк Пол ва Энтони Жошуа ўзаро жанг олдидан очиқ машғулот (ФОТО) 0 16:38"Қандай қилиб?" Жошуа — блогерлар ва боксчилар таққосланишига муносабат билдирди 0 16:16"Режалар бор, фақат "хайп" учун". Царукян боксда дебют қилиш истагини билдирди 0 15:51Луис Суарес футболчилик фаолиятидаги сўнгги мавсумни қаерда ўтказади? 0 15:24"Макгрегор Оқ уйдаги UFC турнирида қатнашишига ишонмайман" - UFC собиқ жангчиси 0 15:01Россия Думаси депутати фуқаролигини ўзгартирган янги "ўзбеклар" ҳақида - Бу ҳиёнатми? 0 14:37Россиялик UFC жангчиси ташкилотдан ҳайдалди 0 14:15Хави АПЛнинг ТОП жамоасини бошқариши мумкин 0 13:53WTA рейтинги янгиланди. Энди Топ-100`таликда ҳам ўз теннисчимиз бор 0 13:32Теренс Кроуфорд фаолиятини якунлаганига изоҳ берди 0

01 may 00:00
Yangiliklar

Boshqalar

Hamid Nizamov (Khamid Nizamov): "Bodibilding bilan shug'ullanishni istagan yoshlarga muhim maslahatlarim bor"

So'nggi yillarda jahonda va O'zbekistonda bodibilding sport turi jadallik bilan rivojlanib, ommalashib bormoqda.

Hamyurtimiz Mixail Volinkin jahonga mashhur "Arnold Classic" musobaqasida mutloq g'oliblikni qo'lga kiritib shaxsan Arnold SHvarceneggerning etibor tushganidan xabaringiz bor. Yurtimizda ushbu sport turiga etibor, kamchilik va yutuqlar haqida Buxoro viloyati bodibilding federaciyasi rahbari Hamid Nizamov bilan suhbatlashdik.

Sport ustasi Hamid Nizamov 1987 yil Buxoro viloyati G'ijduvon tumanida tug'ilgan. 2016 yilda Buxoro viloyati bodibilding federaciyasi aynan Nizamov boshchiligida tashkil etilgan va ayni paytda u federaciya rahbari hisoblanadi. Ikki marta O'zbekiston ochiq chempionatida 1-o'rinni olgan. IFBB Osiyo chempionatida 5-o'rinni egallagan. 2014 va 2015 yillarda Markaziy Osiyo va Qozog'iston chempionatida Hamid Nizamov tengsiz bo'lgan.





- Bodibilding sport turi bilan qachondan buyon shug'ullanib kelayapsiz?

- Bu sport bilan 2010 yildan jiddiy shug'ullanishni boshlaganman.

- Nima uchun aynan shu sport turini tanlagansiz?

- Yoshligimdan sog'lom turmush tarzini, to'g'ri ovqatlanishni o'zimga odat qilganman. Bodibilding sport turi shu narsalarni o'zida mujassamlashtirgani uchun yaxshi ko'raman. Bodibilding so'zi tarjimasi "tana tuzilishi" deganidir. Erkak kishi erkakligidan kelib chiqqan holda gavdasi va mushaklari baquvvat bo'lishi kerak deb hisoblayman.


 


- Tajribangizdan kelib chiqib yosh bodibildingchilar yoki shunchaki qomatiga etibor qilishni xohlagan yoshlarga qanday maslahatlar berasiz?

- Birinchi beradigan maslahatim xoh u yaqinda kirib kelgan sportchi bo'lsin, xoh o'z ustida ishlamoqchi bo'lgan havaskorlar bo'lsin bu sport turi bilan murabbiy yordamida shug'ullanish kerak. O'zboshimchalik qilib yoki proffessional bo'lmagan odamlarning gapiga quloq solib, tajriba bo'lmagan murabbiylardan maslahat olishmasin. Har bir bosayotgan qadamni tajribali murabbiylardan so'rash kerak. Ko'pchilik bunga etibor bermaydi. Juda ko'plab xatolarga yo'l qo'yishadi. Bu xatolar esa sog'liqqa salbiy tasir qiladi. Bu qaltis sport turi hisoblanadi. O'zining nozik jihatlari bor. Sportchilar qabul qiladigan malum bir vitaminlar bor, taomlari bor.

- Sportchilar uchun sog'lom taomlanish qanchalik muhim?

- Bu noto'g'ri savol. Nafaqat sportchilar, oddiy odamlar uchun ham to'g'ri ovqatlanish muhim. Istalgan sport vakilida to'g'ri ovqatlanish racioni yo'lga qo'yilmagan bo'lsa natijalarga yomon tasir qiladi. Birinchi navbatda qatiy rejimi bo'lishi shart. Sog'lom ovqatlanish juda ham muhim.

- Buxoro viloyatiga bu sport turiga etibor qanchalik? Qanday kamchiliklar bor?

- Buxoro viloyatida mazkur sportga etibor avvalgiga qaraganda oshib bormoqda. Viloyatdan etarlicha nomdor sportchilar chiqishga ulgurgan. O'zimni ham bir qancha shogirdlarim bor. Buxoro viloyatida yoshlar orasida juda ham yaxshi rivojlanib va ommalashib bormoqda. Kamchiliklar deyarli yo'q. Toshkent bilan solishtirganda proffessional tarzda shug'ullanish uchun sharoitlarga ega bo'lgan, sport inventarlari bilan to'ldirilgan sport komplekslari etarlicha emas.


 


- Bugungi kunda bodibilding bo'yicha Respublika miqyosidagi musobaqalar qay tarzda tashkil etiladi?

- Musobaqalar yaxshi, ko'taringki tarzda tashkil etilmoqda. Yildan-yilga musobaqlarning sifati oshyapti. Sportchilar sonida ham o'sish bor. Pandemiya hisobiga musobaqalar soni keskin qisqarib ketdi. Federaciya musobaqalarni maksimal darajada yaxshi o'tkazishga harakat qilmoqda.

- Xalqaro musobaqalardagi o'zbekistonlik sportchilarning ishtiroklari haqida nimalar deya olasiz?

- Xalqaro musobaqalarda o'zbekistonlik bodibildingchilarning oxirgi yillarda ko'rsatayotgan natijalari yuqori baholanib kelmoqda. Mixail Volinkin degan sportchimiz bor. O'zimning yaqin ukalarimdan biri. Xalqaro turnirlardagi sportchimiz deganda aynan Volinkinni ko'rsatsak bo'ladi. CHunki Osiyo va Jahon chempionatlarida, hatto "Arnold Classic" musobaqasida ham yurtimiz bayrog'ini baland ko'tarib kelgan. SHundan keyin o'zbek bodibildingi rivojlanishi yanada kuchaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing