11 may 16:46
Yangiliklar
Boks/MMA
Mangu 3 turnirining qiziqarli janglaridan biri elon qilindi + POSTER
Tajribali aralash yakkakurash ustamiz Avliyoxon Hamidov Samarqandda o'tkazilishi belgilangan Mangu 3 turnirida oktagonga chiqadi.
Avliyoxon Hamidov (13-7-1) ozarbayjonlik tajribali Elnar Ibragimov (18-9) bilan to'qnash keladi. Liga ushbu jangni rasman elon qildi. Hamidov hisobida 13 g'alaba, 7 mag'lubiyat va 1 ta durang bor. Ibragimov esa professional MMAdagi faoliyati davomida 18 g'alaba va 9 mag'lubiyat qayd etgan.
Aslida Avliyoxon Mangu 1 turniri doirasida boshqa bir ozarbayjonlik sportchi Mirmexti Mirievga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi. Biroq o'shanda Hamidovning sog'lig'idagi muammolar tufayli jang bekor qilingandi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar