06 okt 07:07
Yangiliklar
Mangu 6 turniri uchun chempionlik jangi tasdiqlandi + POSTER
Taniqli aralash yakkakurash ustamiz Muhiddin Mamajonov (10-2-1)ning raqibi rossiyalik Kamal “HULK” Guseynov (9-2-0) bilan hisob-kitob qiladi. Ushbu jang chempionlik maqomida bo'ladi. Ikkinchi hamyurtimiz Mangu Ligasining chempionlik kamarini qo'lga kiritish uchun urinib ko'radi. Mangu 5 turnirida Furqatbek Yoqubovning chempionlik uchun o'tkazgan jangi omadsiz yakunlangan edi. Endi bu imkoniyatdan Muhiddin Mamajonov foydalanishga urinib ko'radi.
Eslatib o'tamiz, Mamajonov 26 sentyabr kuni Toshkentda o'tgan Mangu 5 turnirida rossiyalik tajribali Magomed Salievni uch raund to'liq davom etgan jangda ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgandi. Muhiddin faoliyati davomida 13 ta jang o'tkazib, 10 ta g'alaba, 2 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. Kamal Guseynov hisobida esa 9 ta g'alaba va 2 mag'lubiyat bor. "Xalk" taxallusli bilan oktagonga chiquvchi Guseynov avvalroq, hamyurtlarimiz Jahongir Jumaevni ochkolar hisobiga ko'ra, Mavlonbek Mirkomilov hamda Davlatbek Hojievni esa nokaut evaziga taslim etgandi.


Fikrlar