So’nggi yangiliklar

16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0 15:41Жастин Гэтжи Трамп билан пулга гольф ўйнамоқчи 0 14:51Жаҳонгир Зокировнинг Zuffa Boxing’даги навбатдаги рақиби маълум бўлди 0 13:58Чарльз Жонсон Рамазон Темировнинг нокаут бўлишини исташини айтди 0 13:17"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун асосий номзод номи маълум — talkSPORT 0 12:35АҚШ профессионал боксчиларига терма жамоа сафида жанг қилиш имконини берди 0 11:57Нодирбек Абдусатторов 2027 йилда ҳам NAVI сафида қолади 0 11:13Asian Boxing League турнири номаълум муддатга қолдирилди 0 10:24Ўзбекистон кубогининг 1/2 финал сана ва манзиллари маълум 0 10:15Полина Кудерметова дунё рейтинги пешқадамига қарши кортга чиқди 0 09:33UFC 333 турнирининг тўлиқ карди: Волкановски – Евлоев, Ян – Двалишвили, Темиров – Кавана 0 08:48Хргович Дюбуа билан IBF ва WBO камарларини бирлаштирмоқчи 0 08:07Баҳодир Жалолов ўзининг энг яхши боксчилар учлигини санади 0 20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0

09 iyu 15:19
Yangiliklar

Formula-1

Hamyurtimiz “Formula-1” jahon chempionatida hakamlik qiladi

Teglar :  Formula 1
9-13 iyun kunlari Xalqaro avtomobil federaciyasi (FIA) tomonidan Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida “Formula-1” poygasi bo'lib o'tadi.

O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining avtomotosport bo'yicha murabbiyi va milliy toifadagi hakami Mubashirxon Jo'raev Xalqaro avtomobil federaciyasi (FIA) tomonidan Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo'lib o'tadigan “Formula-1” jahon chempionatiga marshal (sport hakami) sifatida taklif etildi.

Dunyo bo'ylab poyga ixlosmandlari intiqib kutayotgan ushbu nufuzli musobaqada germaniyalik Sebastyan Fettel, angliyalik Lyuis Xemilton, niderlandiyalik Maks Ferstappen kabi bir qator taniqli poygachi sportchilar o'zaro bellashishi kutilmoqda.

Mubashirxon Jo'raev 1974 yilda Namangan viloyatida tug'ilgan bo'lib, “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi avtosport sekciyasining murabbiyi vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda. Motokross, avtokross va karting sport turlari bo'yicha o'tkaziladigan respublika chempionatlarida ko'p marotaba bosh hakamlik qilib kelgan.

“Vatanparvar” tashkilotining sportchilari nafaqat respublika, balki MDH, Osiyo va jahon chempionatlarida yuqori o'rinlarni egallab, mamlakatimiz nufuzi, obro'-etibori oshishiga salmoqli hissa qo'shmoqdalar.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning may oyida Germaniyaning Zul shahrida sportning o'q otish turi sporti bo'yicha yoshlar o'rtasida o'tkazilgan Jahon kubogi musobaqasida ishtirok etgan “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashining pnevmatik quroldan o'q otish sekciyasi azosi, 18 yoshli Muhammad Kamolov 10 metr masofaga to'pponchadan otish musobaqasida munosib ishtirok etib, 3-o'rinni egalladi. 

U, o'tgan 2021 yilning sentyabr oyida Rossiya Federaciyasinng Qozon shahrida bo'lib o'tgan birinchi MDH davlatlari o'yinlarining pnevmatik miltiqdan o'q otish musobaqasida oltin hamda Qozog'iston Respublikasinng CHimkent shahri mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida kumush va bronza medallariga sazovor bo'lgan.

Bundan tashqari, joriy yilning may oyida Qozog'iston Respublikasida karting bo'yicha o'smirlar o'rtasida o'tkazilgan chempionatning birinchi bosqichida “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashining karting sporti sekciyasi sportchisi, 14 yoshli Yasmina Egamberdieva “OK-junior” sinfida birinchi o'rinni egalladi. 

SHuningdek, “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent shahar kengashi tasarrufidagi Yashnobod tumani O'quv sport texnik klubining karting sporti sekciyasi sportchisi, 11 yoshli Amir Xamraev ushbu musobaqaning “Super-mini” sinfida bellashib, g'oliblikni qo'lga kiritdi.

O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing