11 dek 18:00
Yangiliklar
SHaxmat
Hamyurtimiz zaif eshituvchilar o'rtasida o'tkazilgan xalqaro shaxmat turnirida g'olib bo'ldi
Almati shahrida tezkor shaxmat bo'yicha zaif eshituvchilar o'rtasida xalqaro musobaqa tashkil qilindi.
Musobaqada O'zbekiston, Qirg'iziston, Belarus va Qozog'istondan 33 nafar sportchi ishtirok etdi. Mukofot jamg'armasi 350 000 tengeni tashkil etgan turnirda hamyurtimiz, FIDE ustasi Sirojiddin Zayniddinov 9 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg'ardi va g'oliblikni qo'lga kiritdi. Bu borada mezbon sportchi Amangeldi Naurizgaliev ikkinchi bo'lgan bo'lsa, kuchli uchlikka qirg'izistonlik Eduard Kim yakun yasadi.
Malumot uchun, turnir shveycarcha tizimda tashkil etildi va 9 raunddan iborat bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Sirojiddin shu yil zaif eshituvchilar o'rtasida Buyuk Britaniyada o'tkazilgan Ochiq musobaqada g'olib bo'lgandi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar